O'zMU » Yangiliklar » Musavvir talabalar

Tadbirning ochilish marosimida O’zMU rektori Avazjon Marahimov va boshqalar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bunday anjumanlar talaba-yoshlar orasidan chinakam iste’dodlilarini kashf etishga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.

– Chinakam iqtidorli, iste’dodli talabalar rasm chizishga ham qiziqadi,– deydi Ijtimoiy fanlar fakulteti Etika va estetika kafedrasi mudiri Bahodir Husanov.– Bunday ishtiyoq ularning ma’naviy kamol topishiga xizmat qiladi. Talaba-yoshlarning voqelikka nafosatdor qarashlari, tafakkur tarzi rang-barang mavzudagi rasmlarda o’z aksini topmoqda. Yosh musavvirlar ijodida yurtimiz jamoli, kundan-kunga chiroy ochib borayotgan Milliy universitetimiz go’zal manzaralari aks etmoqda.

 

Mohichehra Jumaeva,

 

jamoatchi muxbir