O'zMU » Yangiliklar » O’zbekiston-Franstiya do’stlik jamiyatining yangi ish rejasi tasdiqlandi

Yig’ilishda do’stlik jamiyatining yangi raisi, ijrochi direktori hamda a’zolar tarkibi saylandi. Unga ko’ra 2017 yil 3 maydan e’tiboran O’zMU rektori Avazjon Marahimov “O’zbekiston-Franstiya” do’stlik jamiyati raisi, Franstuz filologiyasi kafedrasi mudiri Rahima Shirinova ijrochi direktor sifatida faoliyat ko’rsatadilar.

Do’stlik jamiyatining 2017 yilga mo’ljallangan ish rejasi tasdiqlandi. Rejaga ko’ra, mazkur jamiyat faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalar yanada rivojlantiriladi.

 

Yig’ilishda nufuzli universitetlarda professor-o’qituvchilar malakasini oshirish, o’zaro tajriba almashish, Franstiyada O’zbekiston madaniyatini targ’ib qilishga bag’ishlangan ma’rifiy tadbirlar o’tkazish kabi masalalar yuzasidan kelishib olindi.

 

 

O’zMU Axborot xizmati