O'zMU » Yangiliklar » Toshkentda Talabalarning VIII An’anaviy Mediakonferenstiyasi bo’lib o’tdi.

Hamkorlar – Xalqaro Press-klub, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi.

Talabalarning An’anaviy mediakonferenstiyasi – talaba yoshlarning axborot-kommunikastiya texnologiyalari hamda Internet jurnalistika sohalari tajribali mutaxassislari bilan o’zaro fikr almashishi, zamonaviy jurnalistika va media tizimining muammolari yuzasidan o’z nuqtayi nazarini bildirishi uchun qulay imkoniyat. Shuningdek, mazkur tadbir yosh tadqiqotchilarning kelgusida milliy Internet jurnalistika amaliyoti va nazariy asoslarini yanada rivojlantirish yo’lida qo’ygan dastlabki qadami hamdir.

Milliy axborot kengligining global tarmoq bo’lagiga aylanganiga 20 yildan oshdi. Biroq mana shu qisqa muddat ichida Internet auditoriyasi geometrik progressiya bo’yicha kengayib bordi. Bugungi kunda 33 mln ga yaqin aholiga ega O’zbekistonda 13 mln dan ortiq  Internet foydalanuvchi mavjud. Bu mamlakat aholisining 1/3 qismidan ham ko’p  demakdir. Shu foydalanuvchilarning deyarli barchasi messendjerlarni faol qo’llaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil boshida muhokamaga qo’yilgan "O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida" Farmoni loyihasi muhokamasida ham aynan Internet foydalanuvchilari faol ishtirok etdilar va ularning izohlari loyihani takomillashtirishda inobatga olindi. Bu esa bugungi kunda milliy Internet segmentida ijtimoiy faol, yangi bilimlar, texnologiyalar uchun ochiq foydalanuvchilar - netizenlar qatlami kengayib borayotganidan dalolatdir. 

Bu yilgi, VIII mediakonferenstiya ishtirokchilari Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyati, uni OAV orqali targ’ib qilish va unda ko’zda tutilgan vazifalar ijrosiga jamoatchilikni jalb qilish, ommada Strategiyadan ko’zlangan maqsadlar haqida tushuncha hosil qilish masalalari xususida o’z mulohaza va takliflarini bildirdilar. Shuningdek, konferenstiya dasturi doirasidan talabalarning yangi texnologiyalar, messendjerlar imkoniyatlaridan foydalanish borasidagi fikrlari, qiziqarli media loyihalar taqdimoti ham o’rin oldi.

Jumladan, O’zMU jurnalistika fakulteti talabalari taqdim etgan “Endi gazetalarni eshitamiz” nomli, bosma nashrlarning audio variantini yaratishga bag’ishlangan loyihasi yig’ilganlarda katta qiziqish uyg’otdi. Mualliflar fikricha, gazetalarni tinglash imkoniyatining yaratilishi ko’zi ojizlar, qariyalar, gazeta sotib olish yoki obuna bo’lishga muayyan sabablar bilan imkon topa olmaganlar uchun qo’l keladi.

Boshqa bir loyiha – Bonusbook ham jurnalistika fakulteti talabalari tomonidan taqdim etildi. Bunda mualliflar auditoriyaning kitob xarid qilishga qiziqishini zamonaviy texnologik platformalar – messendjer hamda mobil ilovalardan foydalanish orqali oshirish mumkinligini ta’uidladilar.

Odatdagidek, konferenstiya spikerlari ham, moderatorlari ham – talaba yoshlar bo’ldi. Mediakonferenstiyaning barcha ishtirokchilari har bir ma’ruza yuzasidan faol bahsga kirishishdi.

Joriy yildan mediakonferenstiya faoliyatida yangi an’ana joriy qilindi. Endilikda tadbir doirasida media olami mutaxassislarining mahorat darslari va ma’ruzalari ham tashkil etiladi. Natijada, Talabalarning An’anaviy Mediakonferenstiyasi talaba yoshlarga nafaqat fikr va g’oyalar almashish, balki soha mutaxassislaridan kerakli va qiziqarli bilimlarni olish imkonini beruvchi muloqot maydoniga aylanishi kutilmoqda. Talabalar Ernest Kurtveliev, Dinara Dultaeva, Darya Osmanova hamda Nozima Muratovalarning mobil fotografiya, noshirlik ishidagi trendlar, aniq ma’lumotlar vizualizastiyasi va data-jurnalistika, jurnalistikadagi yangi kasblar mavzularidagi qiziqarli ma’ruzalarini tinglab, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

         Tadbir ishtirokchilari quyidagi nominastiyalar bo’yicha sertifikatlar bilan taqdirlandilar:

1.                 Eng yaxshi g’oya – Kamola Izzatova, O’zMU (“Chitayuщaya molodej: Kto? Chto? Gde? Kak? S kem?”)

2.                 Eng yaxshi spiker – Sabina Alimova, O’zMU (“Telegram-kanal kak instrument mobilnogo reportera”)

3.                 Eng yaxshi taqdimot – Elena Chuyanova, O’zMU (“Harakatlar strategiyasi va tushuntirish jurnalistikasi: samarali targ’ibotdan samarali ijroga”)

4.                 Eng yaxshi moderator – Mirzayor Erkinov, O’zMU

5.                 Eng yaxshi savol – Sheroz Narzullaev, Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti bitiruvchisi

6.                 Eng yaxshi hamkor – “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, O’zbekiston Milliy kutubxonasi, Zumrad Shojalilova (UzInfocom)

7.                 Eng yaxshi tashkilotchi – Abduaziz Xidirov, Bekzod Masoliev, Sherzod Mahmudov

8.                 Eng yaxshi axborot hamkori – UzReportTV telekanali

9.                 Yil professionali – Ernest Kurtveliev

10.            Tomoshabin tanlovi – Umida Hidoyatxodjaeva (O’zMU), Sarvinoz Yadgarova (Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti)

11.            Eng yaxshi media loyiha – “Endi gazetalarni eshitamiz” loyihasi, O’zMU

 

12.            Eng yaxshi loyiha – “Bonusbook”: messendjerlardan mobil ilova sari” loyihasi, O’zMU