O'zMU » Yangiliklar » Xotira – abadiy, inson qadri hamisha baland!

Xotira – abadiy, inson qadri hamisha baland!

 Tinchlik va osoyishtalik naqadar bebaho ne’mat!

9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida to‘kin dasturxon atrofida bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda Ikkinchi jahonurushida qatnashgan universitet faxriylari, professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etdilar.

O‘zMU rektori Avazjon Marahimov va boshqalar davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning shu yil 4 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan hayotbaxsh vazifalarva ular ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritar ekanlar, urush qatnashchilarining ko‘nglini olish, yurt tinchligi va ozodligi yo‘lida jon fido qilgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etish muqaddas burchimiz ekanini alohida ta’kidladilar.


***

Tarix fakultetida urush va mehnat faxriysi “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti Shirinbek O‘rozimbetov, baynalmilal jangchilar, Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Ravshan Oxunov, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti Ne’mat Polvonovlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirdi.

 


Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ona Vatan, tinchlik, jasorat va do‘stlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki ruh baxshida etdi.

 

Ulug‘bek Usmonov,

O‘zMU gazetasi muxbiri