O'zMU » Yangiliklar » Milliy universitet – faxrim, iftixorim

Unda O’zbekiston Milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov, akademiklar Salohiddin Mahmudov, Sayyora Rashidova va boshqalar 1918 yilda jadid ma’rifatparvarlari tomonidan tashkil etilgan universitetimiz qator yillar turli nomlar bilan atalib, faqat mustaqillik davridagina haqiqiy maqomiga ega bo’lganini, Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 sentyabrdagi “Toshkent Davlat universitetiga Mirzo Ulug’bek nomini berish to’g’risida”gi Qaroriga binoan Toshkent Davlat universiteti Sharqning buyuk olimi va mutafakkiri Mirzo Ulug’bek nomi bilan yuritila boshlagani, Birinchi Prezidentimizning 2000 yil 28 yanvardagi “Toshkent Davlat universitetiga “O’zbekiston Milliy unversiteti” maqomini berish to’g’risida”gi Farmoni bilan bu o’quv dargohi “Milliy universitet” maqomiga ega bo’lgani va u Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti deb atalayotganini, qariyb bir asr mobaynida respublikamizdagi o’nlab universitet va institutlar mana shu oliy ta’lim muassasasi zaminida paydo bo’lganini alohida ta’kidladilar.

Ayni paytda Milliy universitetimiz tarkibida Biologiya, Geologiya va geografiya, Jurnalistika, Ijtimoiy fanlar, Iqtisodiyot, Kimyo, Matematika, Tarix, Fizika, Xorijiy filologiya kabi 10 ta fakultet, 73 ta kafedra o’z faoliyatlarini davom ettirmoqda. Ularda 37 yo’nalishda bakalavrlar va 63 yo’nalishda mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Universitetimiz huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi, qator kafedralar qoshida innovastion hamkorlik markazlari, o’quv-ilmiy komplekslar, 3 ta akademik listey faoliyati yil sayin takomillashib bormoqda.

O’zbekiston Milliy universiteti davlat ta’lim standartlarini, malaka talablari asosida o’quv rejalari va dasturlarini yaratish hamda respublikamizdagi qator oliy o’quv yurtlariga tatbiq qilishda tayanch ta’lim muassasasi bo’lib kelmoqda.

O’tgan yillar mobaynida bu qutlug’ dargohdan 106 nafar akademik etishib chiqqan bo’lsa, ulardan 23 nafari O’zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti va viste-prezidentlari lavozimlarida ham faoliyat ko’rsatganlar. Olima ayollardan 120 dan ortig’i fan doktori va professor ilmiy unvonlariga ega bo’lganlar.  

Ayni paytda bu dargohda talabalarga ta’lim-tarbiya berayotgan professor-o’qituvchilarning 8 nafari akademik, 150 dan ziyodi fan doktori va professor, 400 ga yaqini fan nomzodi va dostent ilmiy darajasiga ega. Bugun bu fikrlarni bayon etishdan maqsad – dunyodagi eng nufuzli universitetlardan kam emasligimizni namoyon etishdir. Zero, ular bilan har tomonlama tenglik asosida ilmiy hamkorlik aloqalarini izchil davom ettiryapmiz. Ayni paytda dunyoning 35 ta davlatidan 80 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy fondlari hamkorlarimiz hisoblanadi. AQSh, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Franstiya, Niderlandiya, Chexiya, Avstriya, Polsha, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi davlatlarning nomdor oliy ta’lim muassasalari bilan talaba, magistrant, falsafa doktorlari almashunuvi bo’yicha dasturlar, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Tadbirda so’zga chiqqan ustoz professor-o’qituvchilar bunday yutuqlar universitet jamoasiga faxr va iftixor tuyg’usini baxsh etishini ta’kidladilar.

Bu yil O’zMUda zamonaviy telestudiya tashkil etilishi o’ziga xos bayram sovg’asi bo’ldi! O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan mazkur telestudiyaga taqdim etilgan texnik jihozlari Jurnalistika fakulteti jamoasiga topshirildi.

O’zMU tashkil topgan kun oldidan barcha fakultetlar o’rtasida “Universitet – faxrim mening!” shiori ostida o’tkazilgan ommaviy targ’ibot akstiyasida 1-2-3-o’rinlarni egallagan Tarix, Biologiya, Iqtisodiyot fakultetlari jamoalari Diplom va qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Talabalarni munosib tarbiyalash, yoshlar qalbida ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini kamol toptirish maqsadida o’tkazilgan 2016-2017 o’quv yilida “Eng yaxshi murabbiy” tanlovi g’oliblari ham munosib taqdirlandilar.

O’zbekiston tarixi kafedrasi tomonidan universitet tashkil topgan kunga bag’ishlab o’tkazilgan “O’zbekiston Milliy universiteti talaba-yoshlar nigohida” mavzusidagi iqtidorli talabalarning an’anaviy ilmiy-amaliy konferenstiyasida faol ishtirok etgan Matematika fakulteti 1-kurs talabasi Shomurod Shopo’latov, Kimyo fakulteti 2-kurs talabasi Muhammadbobur Yusupov, Iqtisodiyot fakulteti 1-kurs talabasi Diana Parvinovaga esdalik sovg’alari topshirildi.

Futbol bo’yicha barcha fakultetlar jamoalari o’rtasida o’tkazilgan “Kamolot kubogi-2017” musobaqasida Tarix fakulteti jamoasi g’oliblik shohsupasini ishg’ol etib, munosib taqdirlandi.

Matematika va kimyo fanlaridan bo’lib o’tgan xalqaro olimpiada g’oliblari bo’lgan Matematika fakulteti talabalari Shohruhbek Ibragimov, Hakimboy Egamberganov, Sardor Bozorboev, Shomurod Shopo’latov, Behzod Qurbanbaev, Mirmuhsin Mahmudov, Abdurahmon Aliev, Kimyo fakulteti talabalari Jaloliddin Xushvaqtov, Muzaffar Maqsumov, Sardor Zokirovlar ham munosib taqdirlandilar.

Mazkur o’quv yili davomida o’zining iqtidori, tashabbuskorligi, namunaviy xulqi, tadbirlardagi faolligi bilan o’rnak bo’lgan bir guruh talabalar “Ijodkor talaba”, “Sportchi talaba”, “Intellektual talaba”, “Jamoatchi talaba”, “Na’munali talaba”, “Mohir talaba”, “Zukko talaba”, “Bilimdon talaba”, “Ibratli talaba”, “Tashkilotchi talaba” nominastiyalari bo’yicha g’olib sifatida taqdirlandilar.

Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’tkazilgan “Tafakkur sinovlari” hamda teatr festivalining Toshkent shahar bosqichida g’olib bo’lgan bir guruh talabalarga esdalik sovg’alari topshirildi.

Universitet bakalavr va magistr talabalari o’rtasida o’tkazilgan “Inson va olamda ranglar in’ikosi” mavzusidagi rasmlar tanlovida g’oliblikni qo’lga kiritgan Geologiya va geografiya fakulteti talabasi Robiya Jo’raeva (1-o’rin), Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi Jahongir Qilichev, Xorijiy filologiya fakulteti talabasi Parvina Ashurova (2-o’rin), Fizika fakulteti talabasi Shahnoza Ergasheva, Iqtisodiyot fakulteti talabasi Feruza Zuparova, Kimyo fakulteti talabasi Yusuf Fayzullaev (3-o’rin) ham esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Anjumanda iqtidorli talabalarning she’riy chiqishlari barchaga ko’tarinki ruh baxsh etgan bo’lsa, taniqli san’atkorlarning dilrabo kuy-qo’shiqlari olam-olam zavq bag’ishladi.

 

 

O’zMU Axborot xizmati