O'zMU » Yangiliklar » TA’LIM VA ME’MORCHILIK UYG’UNLIGI

Mustaqillik yillarida O'zbekistonda oliy va o'rta-maxsus ta'lim sohalarida sezilarli darajada o'zgarishlar va yangiliklar yuz berdi. Talabalarning faolligi va fan olimpiadalarida jahon marralarini zabt etib kelishayotganligi qiyosida ana shu xatti-harakatlarning natijasini ko'rishimiz mumkin. Oxirgi yillar davomida oliy ta'lim sohasida ko'plab islohotlar, ta'lim tizimi hamda talim berish metodlarini zamonaviylashtirish ishlari bo'yicha yangi programmalar kiritib kelinmoqda.

 

Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan yangi "Oliy ta'lim tizimini rivojlantirishning istiqboldagi chora tadbirlari" haqidagi qarori miqyosida London Metropolitan Universitetining ijtimoiy fanlar fakultetlari va ijtimoiy kasblararo hamkorlik bo'limining rahbari Chris Lane ishtirokida talabalar uchun qurib bitkazilishi keying yilga mo'ljallanayotgan ilmiy-resurs markazini zamonaviy g'oyalar asosida rivojlantirish konsepsiyalari yuzasidan suhbat bo'lib o'tdi.
Bu suhbatda ekspert Chris Lane bilan Britaniya Kengashi va O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan jalb qilingan ishchi guruh hamda O'zbekiton Milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov universitet kutubxonasi, nodir kitoblar muzeyi va ilmiy-resurs markazining loyihasi bilan tanishib chiqib fikrlar almashishdi.

 

 

 

 

 

 

Tashrif davomida  mexmon Univaersitet kutubxonasining qurilish uslubiga va 90 yil davomida asrab kelingan kitoblar jamlanmasiga hamda universitet muzeyida saqlanayotgan O'zbekiston va jahon tarixiga oid nodir qo'lyozmalarga alohida ta'rif berib o'z fikrlarini muzeyning izohlar daftarchasida yozib qoldirdi. 
Kutubxona bilan bir qatorda o’z kasbidan kelib chiqqan holda Chris Lane Milliy universitetning ma’muriy binosiga alohida ta'rif berib, qurulish uslubida zamonaviylik va milliylik uyg'unlashib takrorlanmas manzara kasb etib turganini ta’kidladi. Tashrif davomida mexmon Milliy universitet rektori bilan birgalikda markaz hududini ko'zdan kechirib uning qurulishiga oid muhim va asosiy masalalarni muhokama qildi. 
Shu bilan birgalikda ishchi guruh va Chris Lane Toshkentdagi Turin va Sharqshunoslik Universitetlari kutubxonalarida bo'lib, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko'zdan kechirdi. Kutubxonalardagi kitoblarning majumaviy to'plamlari, elektron darsliklar markazlari, virtual kutubxona hamda media markazlari ham britaniyalik ekspertning e'tiboridan chetda qolmadi.
Mening fikrimcha, bu kabi imkoniyatlar biz talabalar uchun butun dunyoda notinchlik hukmronlik qilayotgan bir paytda ulkan va noyob imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Rivojlangan yetakchi davlatlar bilan mamlakatimiz aloqalari yanada kuchaytirib, dunyodagi ilg’or oliygohlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish, innovatsion g'oyalarni va joiz bo'lsa chet ellik mutaxasislarni taklif qilib shu yerni o'zida yoshlarimiz uchun zamonaviy va sifatli ta’lim uslublarini rivojlantirishimiz kerak.

 

Mohira Safieva,
O’zbekiston Milliy universiteti, 
Xalqaro aloqalar bo’limi