O'zMU » Yangiliklar » VIDEOSEMINAR
Videoseminarda vazirlik rahbariyati, axborot xizmati, ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi xodimlari, O‘zMUning jurnalistika, O‘zDJTUning xalqaro jurnalistika fakultetlari professor-o‘qituvchilari, respublika OTMlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari, axborot xizmati xodimlari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarlik profilaktikasi Bosh boshqarmasi bosh inspektori, podpolkovnik R.Naimov, Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati boshlig‘i T.Abdullayevlar videoseminarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Dotsent N.Qosimovaning axborot xizmatlarining ommaviy axborot xizmatlari bilan samarali hamkorligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida ushbu faoliyatni oliy ta’lim muassasalarida samarali takshil etishga doir qimmatli ma’lumotlarga boy bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi holatiga bag‘ishlangan vazirlik axborot xizmati rahbari F.Babashevning chiqishida tanqidiy fikrlar ham bayon etildi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.Rahmonov o‘z chiqishida “Huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘yicha davlat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari hamkorligi Konsepsiyasi” ijrosini ta’minlashda IIV, OAV va OTMlari hamkorligining ahamiyatiga alohida urg‘u berildi.