O'zMU » Yangiliklar » Grant tanlovlari.

Tokyo qishloq xo’jaligi va texnologiyasi universiteti

(Tokyo University of Agriculture and Technology-TUAT)

Yaponiya: Qisqa muddatli ta’lim va oylik stipendiya

Kim uchun : 3-4 kurs bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida o’qib malaka oshirishni xohlovchilar uchun.

Hujjat topshirish muddati: 2018 yil 28 fevralgacha

Dastur maqsadi: STEP-TUAT dasturi tomonidan muvaffaqiyatli qabul qilingan talabgorlarning  “Japan Student Services Organization” (JASSO) stipendiya dasturi asosida qisqa muddatli o’qishini ta’minlash, talabalarni  ilmiy va texnologik ta’lim jihatdan qo’llab-quvvatlash, ularni ilmiy izlanish va ta’lim faoliyatlarini har tomonlama oshirish hamda  ishtirokchi davlatlar o’rtasida o’zaro do’stlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashkil qilingan.

Shuningdek bu dasturda  Yaponiya universitetlari va ularning boshqa dengiz orti  hamkor tashkilotlari o’rtasida talabalarni homkorlik asosida ta’lim olishi  rejalashtirilgan.

O’qish sohasi: Qishloq xo’jaligi va texnologiya

Qabul  soni: 20 ta

Iqtisodiy ta’minot: ushbu dasturni qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi;

<!-- · talaba kontrakt to’lovi qoplanadi

<!-- ·talaba oylik stipendiya bilan ta’minlanadi: Oyiga 80000 yen (715$)

 

Kerakli hujjatlar:

1. STEP@TUAT ning  to’ldirilgan ariza formasi

2. Tahsil olayotgan universitetidan berilgan a’zolik sertifikati (ingliz yoki yapon tilida)

3. Reyting daftarchasining tarjimasi ( ingliz yoki yapon tilida)

4. Reyting daftarchada olingan baholar sistemasi izohi va rasmiy imzo (ingliz yoki yapon tilida)

5. 2 ta tafsiyanoma xati taxsil olayotgan universitetning fakultet a’zolari tomonidan yozilgan (ingliz yoki yapon tilida)

6. To’ldirilgan Sog’liq sertifikati  2018-B (in English)

7. TOEFL sertifikat yoki u bilan teng huquqqa ega bo’lgan hujjat (ingliz tilida gapiruvchi bo’lmagan davlatlar uchun

8. Passport kopiya

9. JASSO grand dasturiga ariza topshiruvchi talaba aplikatsiya forma 2018-C ga ega bo’lishi kerak.

 

                   Stipendiya dasturga hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.

                  Batafsil ma’lumot: http://web.tuat.ac.jp/-steptuat  . E-mail: steptuat@cc.tuat.ac.jp

 

ЎзМУ Халқаро алоқалар бўлими,
Тел: +998 71
2466358
Эл.почта
: foreign.nuuz@umail.uz, foreign@nuu.uz