O'zMU » Yangiliklar » Yoshlar uchun chegirma!

O'zbekiston Respublikasining o'rta-maxsus ta'lim va oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarni rag'batlantirish va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o'quvchi va talabalar uchun temir yo’l chiptalarini xarid qilishda chegirmalar belgilandi.Joriy yilning  28 dekabr kunidan 2018 yil 10 yanvargacha o'quvchi va talabalar ichki yo'nalashlarda harakatlanayotgan yo‘lovchi poezdlari uchun yo‘l chiptalarini 50% chegirma  asosida xarid qilishi mumkin.

Mazkur chegirma respublikamizning faqat mahalliy yo’nalishlariga belgilangan. Shuningdek xalqaro yo’nalishida qatnovchi va “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli bo’lmagan, hamda yuqori tezlikda xarakatlanuvchi «Afrosiyob» poezdlariga taaluqli emas.

Qo'shimcha ma'lumot uchun joylardagi temir yo’l kassalariga, yoki saytda ko’rsatilgan xududiy temir yo’l ma’lumotxonalanning telefon raqamlariga murojat qiling.

“O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJ