O'zMU » Yangiliklar » Yosh olimlar ilmiy-amaliy seminari

Sizni 2012 yil 24 dekabr kuni O'zbekiston Ekologik harakati, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'limi vazirligi, O'zgidromet, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot davlat instituti, Respublika xotin-qizlar "Olima" uyushmasi, BMTTD, IKARDA xalqaro tashkiloti va Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tomonidan o'tkaziladigan "Iqlim o'zgarishi va
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish" mavzuidagi yosh olimlar ilmiy-amaliy seminarda qatnashishga taklif etamiz.
Anjuman Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyi majlislar zalida 24 dekabr kuni soat 1000 da ochiladi. 
Anjuman ishtirokchilarini ro'yxatga olish 24 dekabr soat 900 dan boshlanadi.
Seminarda so'nggi yillarda O'zMU hamda O'zMU bilan hamkorlik qilayotgan ilmiy va ishlab chiqarish muassasalarida amalga oshirilayotgan amaliy va innovatsion loyihalarning natijalarini yorituvchi ko'rgazma tashkil etiladi. Ko'rgazma soat 930 da ochiladi.

To'liq ma'lumotlar bilan quyidagi fayl orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

Ilmiy seminar [28,85 Kb]