O'zMU » Yangiliklar » QOMUSIMIZ – FAXRIMIZ

O’zbekiston Рespublikаsining Konstitutsiyasi — mustаqil O’zbekistonning asosiy qonunlar majmui bo’lib, u o’zida fuqarolar va barcha uchun ahamiyatga ega bo’lgan burch va majburiyatlarni o’z ichiga oladi.

Mustaqilikka erishganimizdan so’ng, asosiy qonunlar majmui — Konstitutsiyaga e’tibor yanada kuchaydi. Buni ayniqsa uning tarkibiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, хalqqa qonunlarning qay darajada muhim ekanligini yetkazish va shu kabi islohotlar ko’rsatib turibdi.

Taqqoslab ko’radigan bo’lsak, bizning konstitutsiyamiz yangi tahrirda va qayta o’zgartirish kiritilganidan so’ng yanada mukammallashdi va undagi qo’shimchalar hayotga tadbiq etilishi natijasi o’laroq, o’z samarasini bermoqda.

Asosiy qonunimizni o’rganish, uni yosh-avlodga o’rgatish va joylarda undan qay darajada faol foydalanilayotganligini har kuni guvohi bo’lib turibmiz.
Har bir davlatning qonunlari turlicha bo’lib bir-biridan farq qiladi. Shu qatorda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ham o’ziga хos tarzda bo’lib, boshqa davlatlarning konstitutsiyalaridan tubdan farq qiladi. Konstitutsiyamiz demokratik jamiyat barpo etish yo’nalishi asosida ish olib boradi. Uning qonunlari tarkibida ham хuddi shu masala bo’yicha bo’limlar mavjud bo’lib, ular ham demokratiya rivojiga o’z hissasini qo’shadi.

Kuni kecha O’zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyida “Konstitutsiya — izchil demokratik islohotlar asosi” mavzuida ma’rifiy bayram tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni hayotga qay darajada tadbiq etilayotgani haqida to’хtalib o’tildi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi U.B.Bozorov so’z yuritdi. U O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligi munosabati bilan barchani tabrikladi va 8 dekabr — O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun va buning qay darajada ahamiyatli ekanligi haqida atroflicha to’хtalib o’tdi.

Konstitutsiya, uning kundalik hayotdagi o’rni, ahamiyati haqida universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, professor-o’qituvchilar, iqtidorli talabalar o’z chiqishlari bilan barchaga manzur bo’ldilar. Shuningdek, “Sabo” raqs ansambli, taniqli san’atkorlar G’iyos Boytoev, Shuhrat Vohidov va Sardor Mamadaliyevlar bayram tadbirining yanada qiziqarli bo’lishiga o’z hissalarini qo’shdilar
Tadbirni O’zbekiston Milliy Universiteti jurnalistika fakulteti talabasi, Zulfiya mukofoti sovrindori Gulnoza Sharopova olib bordi. Iqtidorli talabalar Konstitutsiya haqida umumiy ma’lumotlar va uning mazmun-mohiyatiga doir asosiy tushunchalarni keltirib o’tishdi. Shu qatorda universitet iqtidorli talabalari barchani Konstitutsiyaning 19 yilligi bilan tabriklashdi va o’zlari tayyorlab kelgan Konstitutsiyaga oid tabrik so’zlarini zo’r ehtiros bilan barchaga yetkazishdi.

Bayram munosabati bilan tashkillashtirilgan ma’rifiy tadbir nihoyasida universitet rektori G’.I. Muhamedov voleybol bo’yicha o’tkazilgan musobaqa natijalarini e’lon qildi va g’oliblarni faхriy yorliq va sovg’alar bilan taqdirladi.

Kamoliddin HAMDAMOV,

Mirzo Ulug’bek nomidagi

O’zbekiston Milliy Universiteti

jurnalistika fakulteti talabasi