O'zMU » Yangiliklar » Men O'zbekiston Milliy universiteti talabasi ekanligimdan faxrlanaman

2013-yil 28-yanvar kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetiga “Milliy” maqom berilgan kunning 13 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan “Men O'zbekiston Milliy universiteti talabasi ekanligimdan faxrlanaman” mavzuida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatini ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor B.Husanov ochib berdi.

Davra suhbati ishtirokchilari:

G’.I.Muhamedov - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi, O'zbekiston Fan arbobi, O'zbekiston Milliy Universiteti rektori, professor

Q.Rabbimovich - “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimi

B.E.Husanov - O'zbekiston Milliy universiteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor

R.H.Murtazayeva - O'zbekiston Milliy universiteti O'zbekiston tarixi kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor

N.Mamadaliyev - O'zbekiston Milliy universiteti professor-o'qituvchilar Kasaba Uyushmasi raisi

G.Sharapova - O'zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti 4-bosqich talabasi

D.Kattahanova - O'zbekiston Milliy universiteti Horijiy filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi

Q.Abdurahimov - Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari

O'zbek filologiyasi, Tarix hamda Geografiya fakultetlaridan 130 nafar talaba-yoshlar.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi, O'zbekiston Fan arbobi, O'zbekiston Milliy Universiteti rektori G’.I.Muhamedov o’z tabrik so’zida barchani uchbu qutlug’ kun bulan chin dildan muborakbod etib, ularga samimiy tilaklar bildirib o’tdi. Shu bilan birga, univarsitetning nufuzi va qisqacha tarixi haqida gapirar ekan, universitetga uchbu maqom berilishida xizamtlari singan professor, akademik hamda olimlarni sanab o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan universitetga ko’rsatilgan e’tiborni his qilish, ushbu Maqomga loyiq bo’lish kerakligini ta’kidladi.

O'zbekiston Milliy universiteti O'zbekiston tarixi kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor R.Murtazayeva “O'zbekiston Milliy universiteti tarizi yuzasidan mulohazalar” mavzusida ma’ruza qildi. U o’z ma’ruzasida O'zbekiston Milliy universiteti tarixiga oid aniq dalillarni keltirib o’tdi.

Tadbirda O'zbekiston Milliy universitetining qisqacha tarixi, uning asoschilari, hozirgi kunga qadar bosib o'tgan yo'li, erishgan yutuqlarini o'zida aks ettirgan videorolik namoyishi bo'lib o'tdi.

 

“Ma’naviyat va ma’rifat” markazi mutaxassisi Sh.U.Zohidova