O'zMU » Yangiliklar » Xorijiy filologiya fakultetida Ingliz tili haftaligi!

O'zbekistan Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1875-sonli qarorining ijrosi sifatida 2013 yil 4 fevral horijiy filologiya fakulitetida Ingliz tili haftaligi ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Marosimni fakultet dekani dots. J.Sh. Djumabaeva tabrik so'zi bilan ochib berdi va barchaga ingliz tilini o'rganishda muvaffaqiyat tiladi. Hafta davomida (4.02.13-9.02.13) har hil turdagi tadbirlar o'tkazilishi rejalashtirildi (to'liq ma'lumot bu erda), talaba va professor o'qituvchilarni ingliz tilini o'rganishda rag'batlantirishga yo'naltirilgan: fakultet bo'ylab ekskursiya (ingliz tilida), ingliz tilida kinolar namoyishi, dolzarb mavzular bo'yicha bahs va munozaralar, eng yaxshi insho tanlovi va boshqalar. Fakultetning har bir qavati ingliz tilidagi iboralar keltirilgan ko'rgazma qurollari bilan ta'minlandi va shu bilan bir qatorda ingliz tili va ingliz zabon mamlakatlari haqida ma'lumotlar berildi.

Horijiy filologiya fakulitetiga hush kelibsiz!
Just speak English!