O'zMU » Yangiliklar » Dzyudo bo'yicha "O'zMU ochiq birinchiligi"

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida 2013-yil 16 – 17-fevral kunlari Dzyudo bo’yicha 2000 – 2001-yillarda va 2002 – 2003-yillarda tug’ilgan bolalar o’rtasida“ O’zMU ochiq birinchiligi” o’tkazildi. Yoshlarda sportga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytirish hamda ular o’rtasida sportni keng targ’ib qilish maqsadida o’tkazilgan ushbu ochiq chempionat kata ahamiyat kasb etadi.

Dzyudo bo’yicha 2000 – 2001-yillarda va 2002 – 2003-yillarda tug’ilgan bolalar o’rtasida o’tkazilgan “O’zMU ochiq birinchiligi” ning natijalari umumjamoa hisobida o’rinlar quyidagi ko’rinishda yakunlandi:

I O’RIN – Farg’onaning “Qo’qon” jamoasi

II O’RIN – Toshkent shahrijamoasi

III O’RIN – Qashqadaryoning “Qarshi” jamoasi