O'zMU » Yangiliklar » Tilshunoslikdagi yangi yo'nalishlar va ularning muammolari

Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili fonetikasi va grammatikasi kafedrasi tomonidan 2013 yil 23 fevral soat 11:00da professor, filologiya fanlari doktori O'tkir Qurbonovich Yusupovning 75 yilligiga bag`ishlab O'zMU Madaniyat saroyining kichik zalida “Tilshunoslikdagi yangi yo'nalishlar va ularning muammolari” mavzusida ilmiy – amaliy seminar bo'lib o'tdi. Seminarda Respublikamizning ko'zga ko'ringan olimlari, yetakchi professor-o'qituvchilar ilmiy ishlari bilan qatnashdilar va O'.Q.Yusupovni tavallud ayyomlari bilan qutladilar. Bu anjumanda lingvomadaniyatshunoslik, madaniyatlararo muloqot, kognitiv tilshunoslik va  tilshunoslikdagi yangi yo'nalishlar manzarasida chogishtirma tilshunoslikka bagishlangan muammolar muhokama qilindi.