O'zMU » Yangiliklar » Chet tili o’qitishda xalqaro hamkorlik

O'zbekiston Milliy universitetiga 26-fevralda O'zbekistondagi Fransiya elchihonasining madaniy ishlar bo'yicha maslahatchisi, Fransiya instituti direktori janob Olivye Giyom va Fransiya elchixonasining til va ta'lim hamkorligi attashesi janob Djonatan Unlyu Mirzo Ulug’bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdilar.

Fransiya elchixonasi vakillarini O'zMU rektori, prorektorlar, halqaro bo'lim boshlig’i, Horijiy filologiya fakulteti dekani va fransuz filologiyasi kafedrasi mudiri kutib oldilar. Mazkur uchrashuvda Milliy universitetda fransuz tili o'qitishning bugungi holati va istiqboli mavzusida samimiy suhbat olib borildi. Bugungi kunda chet tilini o'qitishning samarali usullarini tashkil etish bo'yicha tajriba almashish borasida horijiy mamlakatlarning ihtisoslashgan ta'lim muassasalari va markazlari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kechiktirib bo'lmaydigan masalalaridan biridir. Mazkur uchrashuvda ham O'zbekiston Milliy universitetining horijiy filologiya fakulteti fransuz filologiyasi kafedrasiga stajyor-volontyorlarni taklif qilish to'g'risidagi imkoniyatlar muhokama etildi.