O'zMU » Yangiliklar » Yuksak ma'naviyatli, intellektual salohiyatli yoshlar – O'zbekiston taraqqiyotining muhim omili

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Falsafa fakulteti sizni 2013 yil 25 aprel kuni “Yuksak ma'naviyatli, intellektual salohiyatli yoshlar – O'zbekiston taraqqiyotining muhim omili” mavzusida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi bilan hamkorlikda o'tkaziladigan an'anaviy yosh olimlar konferentsiyasiga taklif etadi.
Konferentsiyada Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida tahsil olayotgan bakalavr, magistr va tadqiqotchi-izlanuvchilar ilmiy ma'ruzalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Konferentsiya quyidagi yo'nalishlar bo'yicha tezislar qabul qiladi:
- Falsafaning umumnazariy va metodologik masalalari;
- XXI asr ijtimoiy jarayonlarida axloqiy-estetik qadriyatlarga yangicha yondashuv;
- Globallashuv jarayonida yoshlarning ijtimoiylashuv muammolari;
- XXI asr pedagogikasi va psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari;
- Siyosiy jarayonlar: mohiyati va xususiyatlari;
- Yoshlarning axborot-psixologik xavfsizligini ta'minlash masalalari.
Konferentsiyada taqdim etilayotgan tezislar quyidagi tartibda tayyorlanishi lozim: matn hajmi 3 sahifagacha, format – Micros. Word, shrift – Times New Roman, matn maydoni – yuqori va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o'ngdan 1,5 sm, qatorlar oralig'i – bir interval, harflar 14 kegl bo'lishi lozim. Yuqoridan bosh xarflar bilan tezis mavzusi yoziladi, bir intervaldan so'ng muallifning ism sharifi va oliy o'quv yurti nomi yoziladi, bir interval tashlanib matn beriladi.
Har bir tezis uchun ilmiy rahbar nomidan yozilib, fakultet muhri bilan tasdiqlangan taqriz topshirilishi lozim.
Tezislar o'zbek va rus tillarida 2013 yil 3 aprelga qadar quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi. Falsafa fakulteti.
Telefon: 99871 2464227
Konferentsiya tashkiliy qo'mitasi yuqoridagi talablarga to'la javob bergan ilmiy maqolalarni to'plam shaklida nashrdan chiqarishni zimmasiga oladi va konferentsiya kuni barcha ishtirokchilarga taqdim etadi.
Tezislarni Falsafa fakulteti o'qituvchilari N.Dalimova va J.Yusubovlarga topshirishingiz mumkin.