O'zMU » Yangiliklar » Quvnoqlar va zukkolar!

Joriy yilning 12 mart kuni universitetimiz yoshlarini birlashtirish, ular o'rtasida o'zaro do'stlik aloqalarini kuchaytirish, o'z iste'dodlarini namoyon qilishlarida ko'maklashish, ularni qo'llab - quvvatlash va rag’batlantirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar orasida milliy hamda umumbashariy madaniyatga qiziqishini oshirish maqsadida universitet “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti tomonidan Talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalar o'rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko'rik - tanlovi 2 qismga bo'lingan holda yarim final bosqichlari va final bosqichi o'tkazildi.

Final bosqichiga 4, 5, 14 va 18 - sonli Talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan talabalar tuzilgan jamoalari etib keldilar. Yakuniy sarhisoblarga ko'ra 5 - sonli Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalardan iborat jamoa g’olib deb topildi. Shundan so'ng, universitet “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkilotining qimmatbaho sovg’alari topshirildi.

 

Akmal RAXMATULLAYEV

Fayzulla ABDUNAZAROV

O’zbekiston Milliy universiteti “Kamolot” YoIH Kengash a’zolari