O'zMU » Yangiliklar » OTMlarida Informatsion texnologiyalarga oid fanlarni o'qitish: tajriba va muammolar

O'zbekiston Milliy universiteti Mexanika-matematika fakulteti 2013 yil 25 mayda «OTMlarida Informatsion texnologiyalarga oid fanlarni o'qitish: tajriba va muammolar» mavzusida o'quv-uslubiy seminar o'tkazadi. 
Seminar Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zMUning Mexanika-matematika fakultetida bo'lib o'tadi.
KUN TARTIBI:
1. Seminar qatnashchilarini ruyxatga olish(900 ─ 1000).
2. Seminar ochilishi(10-00).
3. Plenar ma'ruzalar:
3.1 Informatsion texnologiyalarga oid fanlarni o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar o'rni(1010 ─ 1040). Ma'ruzachi prof. Mamatov M.Sh., O'zMU.
3.2 Oliy ta'lim tizimidagi o'quv jarayoni tamoyillari xaqida (1140 ─ 1110). Ma'ruzachi prof. YuldashevZ.X., O'zMU. 
3.3 O'quv jarayonini informatsion texnologiyalar asosida tashkil etish va boshqarish(1120 ─ 1150). Ma'ruzachi prof. Aloev R.D., O'zMU.
4. Master klass, moderatorlar: prof. Aloev R.D., prof. Mamatov M.Sh., prof. Yuldashev Z.X. (1200 ─ 1300).
5. Tushlik (1300 ─ 1400).
6. Shu'balar majlislari (1400 ─ 1600).
7. Seminar yopilishi marosimi(16-00 da J-1 auditoriyasida).
Seminarda ishtirok etuvchilardan plenar (30 minut) va sektsion(20 minutgacha) ma'ruzalar tezislari va to'liq materiallari qabul qilinadi.
Tashkiliy qo'mita kunning birinchi qismi dasturida e'lon qilingan plenar ma'ruzalarga muqobil ma'ruzachilarning materiallarini ham qabul qiladi.
Plenar va shu'balarda qilingan ma'ruzalar materiallari seminarning dasturiy qo'mitasi tavsiyasiga binoan “O'zMU xabarlari” ro'znomasida chop etiladi.
Qatnashchilarni ro'yxatga olish:
Seminarda ma'ruzalar bilan qatnashuvchilarni elektron ro'yxatga olish, ma'ruza uchun elektron buyurtmani to'ldirish va tezislarni retsenziyaga tavsiya qilishlar 2013 yil 20 maygacha amalga oshiriladi. Ma'ruza tezisi va maqolalar o'zbek, rus yoki ingliz tillarida tashkiliy qo'mitaga yuborilishi mumkin. Materiallarni ziyaut@mail.ru elektron pochta adresiga 2013 yilning 20 mayiga qadar yo'llashni taklif etamiz.
Tashkiliy qo'mita manzili:
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti: Toshkent, Talabalar shaharchasi, O'zMU, mexanika-matematika fakulteti.

Elektron manzillar: http://www.ousit13.uz ; ziyaut@mail.ru
Kontakt telefonlar: +998 71 246 02 30; +998 71 246 70 51