O'zMU » Yangiliklar » "Yaylovlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning institutsional masalalari" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya

Joriy yilning 18 aprel kuni Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti tomonidan tashkil etilgan Mirzo Ulug’bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining 95 yilligiga bag’ishlangan “Yaylovlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning institutsional masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi. Ushbu konferensiyasi O'zbekiston Milliy universiteti rektori G’.I.Muhamedov, Oliy Majlis qonunchilik palatasi Agrar va suv xo'jaligi masalalari qo'mitasi raisi va a'zolari, O'zbekiston Respublikasi “Ergeodezkadastr” davlat qo'mitasi raisi, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi raisi, universitet talabalari va “Yoshtuproqshunos” talabalar klubi a'zolari qatnashdilar.

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada cho'l yaylovlaridan samarali foydalanish va hosildorligini oshirish muammolari, qora ko'lchilikda yaylovlardan foydalanish holati va ularni yaxshilash, yaylovlarni yil mavsumilari davomida foydalanishni tashkil etish, yaylovlar degradatsiyasini oldini olish, qora ko'lchilikni oziqador yaylovlarida tashkil etilganda samaradorlik mahsulotlarining 80% ga ortirish. Cho'l yaylovlarini yaxshilash, qurg’oqchilikni oldini olish, saksovulni ko'paytirish orqali xududning fitotsenozi yaxshilash, yaylov florasini o'rganish, istiqbolli navlarni topish, seleksiya va urug’chilikni yaxshilash bu yo'nalishlarni amaliy tadbirlar, tadqiqotlarni ishlab chiqarishga joriy qilish kuchaytirish, degradatsiyaga uchragan yaylov tuproqlari va ularni yaxshilash yo'llari, yer resuslaridan oqilona foydalanish, ularni foydalanish yo'lga qo'yilayotgan kamchiliklarni oldini olish kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Bu anjumanda ishtirok etayotganlar o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Jumladan:

Sh. Qayumov: Anjuman dolzarb masalaga bag’ishlangan deb o'ylayman. O'zbekiston Milliy universiteti Markaziy Osiyo mamlakatlaridan eng keksadargohlardan sanaladi. O'zbekiston Milliy universitetning salohiyati juda ham yuqori. Anjuman doirasida ko'rgazma juda ham kompleks yondashilgan holda tashkil etilgan.

“Ergeodekadastr” davlat qo'mitasidan A.Alimov: Respublikamizning yaylovlaridan foydalanilayotgan yerlarini degradasiga uchrashini oldini olish, yerlarni kelajak avlodga unumdor holda etkazishga xarakat qilish lozimligini ta'kidladi. Ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilarning ishiga rivoj tilab qolaman.

Qishloq va suv xo'jalik vaziriligidan M. Abdullaev: Ilmiy-amaliy konferensiya mavzusi juda muhim mavzuga bag’ishlangan bo'lib, chorvachilikga ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari yaylovlarni tiklash, saqlash va unumdorligini oshirish ulardan oqilona foydalanishdan samarali tizimlarini hamda yaylovlardan bosqichma-bosqich foydalanish talab qilinadi.

R.N.Qodirov: Tuproqni kelajak avlodga avlodga ham yetkazish muhim ahamiyatga ega. O'zbekistonda tuproq degradatsiyasi, sahrolanishi va shu kabi muammolarga katta e'tibor qaratilmoqda. Bir qator halqaro hamkorlik tashkilotlari bilan aloqalar olib borilmoqda.

Ilmiy-amaliy konferensiya yakunida bir qancha naminatsiyalar bo'yicha diplomlar topshirildi.

 

Akmal Raxmatullayev

Fayzulla Abdunazarov

O'zbekiston Milliy universiteti “Kamolot” YoIH Kengash a'zolari,

Nargiza Yunusova

Jurnalistika fakulteti talabasi