O'zMU » Yangiliklar » Мuhtaram ustozlar, aziz murabbiylar!

Мuhtaram ustozlar, aziz murabbiylar!

 

Sizlarni  1 oktyabr –ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishdek mashaqqatli va mas'uliyatli faoliyatingizda kuch-quvvat, tetiklik, tansihatlik tilaymiz. Sizlarga dunyodagi eng yaxshi ezgu tilaklarni bildirib qolamiz.

“Ustoz  -  otangdan ulug‘” deydi dono xalqimiz. Bu bilan ustozlarning ulug‘ inson ekanligi, inson taqdirida muhim o‘rin tutishi ta'kidlanadi. Darhaqiqat, ilk bor yozishni, dunyoga aql ko‘zi bilan boqishni, borliqni bilishni, surat va siyratni anglashni o‘rgatgan ham sizsiz, aziz ustozlar!

Shu aziz Vatanning yorqin kelajagini ta'minlash maqsadidagi sa'y-harakatlaringizda omad yor bo‘lsin. Nurafshon yuzingiz g‘am ko‘rmasin, mehr to‘la ko‘zlaringiz hamisha ma'rifat nurini ulashaversin.

Huzuringizda hamisha ta'zimdamiz, qadrli ma'rifat fidoyilari!