O'zMU » Yangiliklar » Til - millat oynasi

2013 yil 21 oktyabr soat 12-00 da Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi hamda  Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti hamkorligida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 24 yilligiga bag'ishlab o'tkaziladigan “Til – millat oynasi” mavzusidagi adabiy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. 

1.    Tadbirda universitetning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori B.Xusanov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi raisi A.E.Mamatov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Eshqobil Shukur, o'zbek filologiyasi fakulteti dekani prof. N.Jabborovlar so'zga chiqdilar.

 Tadbir stsenariysida “Davrlarda tilning jilosi”  va “Shevalar bahsi” imkon shousi, shuningdek ijodkor yoshlarning chiqishlari, chet ellik talabalarning o'zbekcha nutqlari ijro etildi.   

Tadbirda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist A.G'aniev, Davron Axmedovlarning qo'shiqlari jarangladi.   

Tadbir o'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etildi va talabalarda katta taassurot qoldirdi.