O'zMU » Yangiliklar » O'zbekiston talaba yoshlarining Respublika miqyosida an'anaviy ilmiy-amaliy anjumani

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2013 yil 24 yanvardagi 23-sonli buyrug'iga binoan 2013 yil 10 dekabrda O'zMUda “O'zbekiston talaba yoshlarining Respublika miqyosida an'anaviy ilmiy-amaliy anjumani” o'tkaziladi.
Konferentsiya tashkilotchilari O'zbekiston Milliy universiteti, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi,  “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, FA Yosh olimlar kengashi
Ilmiy maqolalar tashkiliy qo'mitaga quyidagi talablar asosida rasmiylashtirilib etkazilishi lozim:
1.    Maqolalar ilm-fan tarmog'ining 3 yo'nalishida  o'zbek va rus tillarida quyidagi sho'balarga qabul qilinadi:
-Aniq fanlar;
-Tabiiy fanlar;
-Ijtimoiy-gumanitar fanlar.


2.    Maqolalar mamlakat taraqqiyotining manfaatlariga zid bo'lmagan, dolzarb mavzularga qaratilgan bo'lishi, ilmiy-amaliy talablarga javob berishi hamda taklif va mulohazalar berilishi lozim;
3.    Matn formati Microsoft Word. 1,5 intervalda Times New Roman dasturida 14 o'lchamli shriftda yozilishi; sarlavhalar bosh harflarda, undan 3 intervaldan so'ng muallifning ismi, familiyasi to'liq, hajmi 3 betgacha (yozma va elektron variantda Nigora.qutlimuratova@mail.ru) 25 noyabrgacha topshirilishi shart.
4.    Matn formatining chegarasi: tepadan 2,5 sm, pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm., o'ngdan – 1,5 sm.
5.    Maqolaning tepa qismi o'rtasida maqolaning nomi bosh harflar bilan beriladi. Keyingi qatorning o'rtasida muallif haqida quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilishi lozim: ismi, familiyasi, tashkilot (o'quv yurti nomi) va telefon raqami.
6.    Adabiyotlar ro'yxati maqolaning yakunida keltirilishi lozim.

Eslatma:  Tashkiliy qo'mita kelib tushgan materiallarni tanlab olish huquqiga ega. Maqola mazmuni uchun javobgarlik mualliflar zimmasiga yuklatiladi.

Manzil:
Toshkent, 100095, Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi,
                O'zMU Ma'muriy binosi, 11-qavat, 112-xona 
Telefon: 246-29-27 Xilola
Mob. tel. (+99894 6576878)  Nigora, 7-qavat, 79-xona               


                                                                                                                                                                                                                                  Tashkiliy qo'mita