O'zMU » Yangiliklar » Terrorizim insoniyat inqirozi

Mirzo Ulug`bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida “Diniy ekstremizm, terrorizm va missionerlikning salbiy oqibatlari yoki niqob ortidagi dinimiz dushmanlari” mavzusida o'tkazilgan tadbir otkazildi unda mehmonlar,Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovinlari, guruh murabbiylari va 714 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Bahodir Husanov kirish so'zi bilan ochib berib, barcha yig`ilish ishtirokchilarini bugungi tadbir mehmonlari bilan tanishtib, o'z nutqida radikalizm, terrorizm va jangari ekstremizm mafkurasi nafaqatat bir mamlakat yoki muayyan mintaqa doirasida keng tarqalayotgani, balki ushbu jarayon milliy chegara bilmasligi haqida gapirib o'tdi. Shu bilan birga, aynan shu sababli MDHga a'zo davlatlar hududida har qanday ko'rinish va shakldagi terrorizm va ekstremizmga yo'l qo'ymaslik muhitini shakllantirish, ushbu xavfli tahdidlarning paydo bo'lishi va tarqalishiga ko'maklashadigan sabab sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish uchun birgalikda harakat qilish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita mas'ul hodimi Miryusuf  Mirismoilovga “Diniy ekstremizm va terrorizmni oldini olishdagi dolzarb masalalar” mavzusida ma’ruza qildi.

         “Maruzachilar hozirgi kunda din sohasida Respublikamizning turli joylarida olib borilayotgan tadbirlar hamda targ`ibot ishlari orasida yoshlarga bo'lgan e'tibor, yoshlarda diniy immunitetni shakllantirish, yot g`oyalarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o'tdib,shu bilan birga, hozirgi kunda ko'payib borayotgan yod g`oyalar, turli yo'nalishdagi sektalar, qabih niyatlarni o'zida aks ettiruvchi diniy oqimlar, guruhlar, ularga aldanish oqibatlari, sabablarini misollar yordamida tushuntirib o'tdilar. Bu esa o`z navbatida biz yoshlarni diniy imunitetimizni oshishiga asos bo`lib xizmat qildi” - deydi Mexanika – matematika fakultetining 1- kurs talabasi Fayziyev Botir.

Tadbir so`ngida barcha tadbir qatnashchilariga “Iztirob yoxud jangari hotiralari” nomli videofilm namoyish etildi. Ushbu videofilmda Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini qadriga yetish, uning kelajagi bo'lmish yoshlarni missionerlik, terrorizm, ekstremizm kabi yovuz illatlardan asrab-avaylash kerakligi ochib berilgan.

 

Tohir Ravshan,