O'zMU » Yangiliklar » Xalqaro tuproq kuniga bag‘ishlangan ilmiy – amaliy anjuman

Sizni 2013 yil 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik harakati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,  Tuproqshunoslik va agrokimyo ITDI, Erlarni masofadan zondlash va GAT-texnologiyalar Markazi DK va  Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan o‘tkaziladigan “5-dekabr -  Xalqaro Tuproq kuni” ga bag‘ishlangan “O‘zbekiston tuproq resurslari: holati,  muhofazasi va ulardan samarali foydalanish istiqbollari”  mavzuidagi  yosh olimlar ilmiy – amaliy seminariga qatnashishga taklif etamiz.

Anjuman Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyi majlislar zalida 5 dekabr kuni soat 1000 da ochiladi.   

Anjuman ishtirokchilarini ro‘yxatga olish  5 dekabr soat 900 dan boshlanadi.

Seminar doirasida “Tuproqlarni unumdorligini oshirishda yangi texnologiyalar” mavzuidagi ko‘rgazma tashkil etiladi.  Anjumanning ish tartibi.docx [130,92 Kb]