O'zMU » Yangiliklar » O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yyilligi bilan tabriklaymiz !!!

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan bo‘lib, unda   inson huquqi, sha’ni va qadr-qimmati eng oliy qadriyat, deb belgilab qo‘yilgan va inson manfaatlari uchun xizmat qiladi. «Konstitutsiya» — lotincha so‘z bo‘lib, uning tom ma’nosi «tuzish», «tuzuk», «nizom», «tuzilish», «yaratish» demakdir.  O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi zamonaviy konstitutsiyaviy qurilishdagi umum e’tirof etgan yondashuvlarni xalqning tarixiy, xuquqiy, ma’naviy tajribasi va an’analari bilan uzviy uyg‘unlashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimiz mustaqilligining muhim huquqiy asosi, tinch-osuda, farovon hayotimizning mustahkam kafolatidir.  SHuningdek, unda milliylik va umuminsoniylik prinsiplariga ham nihoyatda noziklik bilan yondashilgan. Konstitutsiyamizda jinsi, millati, dini, irqi, yoshi, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha fuqarolarning teng huquqligi va boshqalarga ko‘ra inson huquqlari va e’tiqod erkinligini muayyan darajada kamsitadigan birorta ham moddaning yo‘qligida, o‘ylaymizki, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan milliy qadriyatlarimiz va bebaho an’analarimizning beqiyos o‘rni bor.

Aziz yurtdoshlar barchangizni Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 21 yillik bayrami bilan O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar, talabalar jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!