O'zMU » Yangiliklar » Karatechilarimiz – Osiyo chempioni

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasida xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgan iqtidorli yoshlarimiz safi tobora kengaymoqda. Bu Dubay shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida ham o‘z tasdig‘ini topdi.

Osiyo qit’asining 32 davlatidan 500 nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan mazkur nufuzli musobaqada Sadriddin Saymatov o‘z vazn toifasida Shri Lanka, Hindiston, Quvayt vakillarini va hal qiluvchi bahsda Eron sportchisini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioni bo‘ldi.

Xotin-qizlar bahsida Osiyo o‘yinlari sovrindori Barno Mirzayeva Hindiston, Iordaniya, Xitoy Taypeyi va Qozog‘iston sportchilarini yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Yana ikki nafar sportchimiz – Behzod Tuyg‘unov va Abdulaziz Otaboyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

 

 

Manba:uza.uz