O'zMU » Yangiliklar » O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Qonuni ijrosini o'rganish natijalari muhokama qilindi

O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiya yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan komissiya a’zosi, Madaniyat va sport ishlari vaziri M. Xojimatovning hisoboti eshitildi. Shuningdek, yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi bosh vazirining o’rinbosari E. Basithanova ishtrok etdi.

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonuni ijrosini sport va ta’lim muassasalarida voyaga yetmaganlarni, ayniqsa qishloq joylarda yashovchi bolalarni sport to’garaklari va ommaviy sportga jalb qilish borasidagi ishlar ahvoliga alohida e’tibor bergan holda o’rganish natijalari, bu borada Qoroqolpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligida amalgam oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Majlisda Respublikada sportni, ayniqsa bolalar sportini rivojlantirish, voyaga yetmaganlarni sportga jalb qilish, ularga sport bilan muntazam ravishda shug’ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi qayd etib o’tildi.

Shu bilan birga yig’ilishda Madaniyat va sport ishlari vazirligi, ta’lim va sog’liqni saqlash muassasalari hamda mahalliy hokimliklar tomonidan voyaga yetmaganlarni sportga jalb qilish, sport sohasiga oid dasturiy-metodik qo’llanmalarni ishlab chiqish, sport bilan shug’ullanuvchilarga malakali tibbiy hizmat ko’rsatish borasida yo’l qo’yilgan nuqsonlar tanqid qilindi.

Yig’ilish so’ngida muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, ijroga qaratildi.

Manba:uzreport.uz