O'zMU » Yangiliklar » 2013 yil 12 dekabrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Universitet bitiruvchi talabalari bilan o‘tkazilgan yarmarkada Navoiy viloyati “SHAMS” Navoiy firmasining kadrlar bo‘limi boshlig‘i Isomiddinov Fazliddin Kamoliddinovich, Navoiy viloyati “SHAMS” Navoiy firmasining kadrlar bo‘limi yetakchi mutaxassislari, bitiruvchi bakalavr va magistr talabalar, prorektor B.A.SHoimqulov, Marketing xizmati bo‘limi boshlig‘i A.Q.Ismadiyarov va Iqtisodiyot fakulteti dekani N.Majidov va Katta o‘qituvchisi D.Elov, Mexanika-matematika fakulteti dekani D.Djumabev va  dots v.b R.Muradov, Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti dekani A.Raximov va O.Eshonqulovlar hamda Navoiy, Samarqand, Buxoro viloyati bitiruvchi talabalari qatnashdilar.

Navoiy viloyati “SHAMS” Navoiy firmasining kadrlar bo‘limi boshlig‘i Isomiddinov Fazliddin Kamoliddinovich so‘zga chiqib “SHAMS” firmasining imkoniyatlari va (vakant) bo‘sh ishchi o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot bergan holda bitiruvchi talabalarning mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashida ko‘maklashishni nutqi davomida takidlab o‘tdi. Talabalarning qiziqtirgan savollariga javob bergan holda, Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti bitiruvchi talabalaridan 14 nafar, Mexanika-matematika fakulteti bitiruvchi talabaridan 7 nafar, Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchi talabalaridan 5 nafar, universitetda jami bo‘lib 26 nafar bitiruvchi talabalar bilan shartnomalar tuzildi. Shuni ta’kidlab o‘tamizki Navoiy “SHams” firmasi bilan 2010 yildan buyon mehnat yarmarkasi o‘tkazilib kelinmoqda.