O'zMU » Yangiliklar » O'zbek Milliy akademik drama teatri 100 yoshda

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2014-yil 22-yanvarda “O'zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligini nishonlash to'g'risida”gi  PQ-2114-sonli qarori e'lon qilindi. Davlatimiz rahbarining teatr ahliga bergan mazkur e'tibor va e'tiroflari tahsinga sazovordir.

                                                                         

Ayniqsa, O'zbek Milliy akademik drama teatrining nafaqat mamlakatimizda balki, O'rta Osiyo mintaqasida professional teatr san'atiga asos solishdagi xizmatlari alohida o'ringa ega.

Ana shu qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, O'zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligini Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida keng targ'ib etish maqsadida alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

                                                       

Mazkur rejaga muvofiq professor-o'qituvchilar, talabalar bilan uchrashuvlar, spektakllar namoyishini o'tkazish rejalashtirilgan. Shular qatorida 2014-yil 25-fevral kuni soat 14:00da Madaniyat saroyi katta zalida O'zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligiga bag'ishlangan badiiy anjuman bo'lib o'tdi. Anjumanda O'zbekiston xalq artisti Malika Ibrohimova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Gavhar Zokirova va Farhod Abdullaevlar, jurnalistika fakulteti dotsenti Ahmadjon Meliboev hamda dotsent Omonulla Madaevlar ishtirok etishdi.

                                                                       

Shu bilan birga, tadbirda universitet professor-o'qituvchilari, talabalarining tabrigi, samimiy tilaklari bildirildi hamda teatrning mustaqillik yillaridagi istiqbollari, aktyorlar tomonidan yaratilgan sahna asarlari yuzasidan fikr-mulohazalar, ijodlaridan namunalar namoyish etildi.

 

 

   "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi rahbari  Abdurahimov Qodirjon