O'zMU » Yangiliklar » 2014 yil 16-17 may kunlari “XXI asr – intellektual avlod asri” ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tadi!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi,O‘zbekiston  Milliy  universiteti “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi hududiy ilmiy-amaliy konferensiya


Axborot xati

 

                O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2014 yil 6 fevraldagi PQ-2124- sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston  Respublikasida 2014 yilda  yoshlarga  oid davlat siyosatini amalga oshirishga  qaratilgan  qo‘shimcha  chora-tadbirlar Dasturi” ning Iqtidorli yoshlarni  qullab-quvvatlash, ijodiy va intellektual  salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan  ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish” borasidagi  IV-bobining 35-bandida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida “XXI asr - intellektual avlod asri” shiori  ostidagi Toshkent shahri va viloyati hududiy  konferensiyasi 16-17 may kunlari O‘zbekiston  Milliy  universiteti  o‘tkaziladi.

Konferensiyada Toshkent shahri va viloyatidagi barcha ta’lim muassasalari, Fanlar akademiyasi tizimidagi  ilmiy-tadqiqot  institutlari hamda oliy ta’lim muassasalari yosh olimlari  va talabalari  ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

 

Konferensiya quyidagi seksiyalar bo‘yicha maqolalar qabul qiladi:

  • ijtimoiy-gumanitar fanlar;
  • tabiiy fanlar;
  • aniq fanlar;
  • texnika fanlari. 

Mualliflar uchun ma’lumotlar

Konferensiyada qatnashish istagini bildirgan yosh olim va talabalar ishchi guruhga quyidagilarni taqdim etadilar:

- muallif haqidagi ma’lumotnoma (ob’ektivka);

- muallifning pasport nushasi;

- konferensiya materiallari to‘plamiga ilmiy maqola (elektron va qog‘oz varianti);

- taqdim etilayotgan maqola berilgan soha bo‘yicha etuk mutaxasisning taqrizi;

- hududiy konferensiyada qatnashish bo‘yicha talabnoma, jumladan talabnomada muallifning familiya, ismi, sharifi, konferensiya yo‘nalishi (seksiya), tashkilot nomi, lavozimi, xizmat manzili, telefon, faks hamda elaektron pochta manzillari bo‘lishi shart. Konferensiyaga taqdim etilayotgan maqolalar quyidagi tartibda tayyorlanishi lozim: Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz  tillarida yozilishi  mumkin. Microsoft Word, matn hajmi 3-5 bet, Times New Roman, matn maydoni – yuqori va pastdan  2,5 sm, chapdan -3 sm, o‘ngdan - 1 sm, qatorlar oralig‘i – 1,5 interval, harflar 14 kegel bo‘lishi lozim.

YUqoridan bosh harflar bilan maqola mavzusi yoziladi, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, ismi va sharifi, oliy o‘quv yurti nomi va lavozimi to‘liq yoziladi, bir interval tashlanib, tashkilot va shahar nomi, 1,5 intervaldan keyin matn mazmuni beriladi.

Maqolalar ishchi guruh va maxsus ekspertlar tomonidan o‘rganilib, munosib deb topilgan maqola mualliflari konferensiyaga taklif etiladi va ularning ma’ruzalari konferensiya dasturiga kiritiladi.

Maxsus ekspertlar tomonidan nomunosib deb topilgan maqolalar dasturga  va materiallar to‘plamiga kiritilmaydi. YUborilgan maqola mualliflarga  qaytarib berilmaydi.

Konferensiyaning dasturi va ilmiy  maqolar to‘plami O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi bilan kelishilgan holda chop etiladi.

Konferensiyada har bir seksiyadan uchtadan g‘olib ishtirokchi yosh olimlar va talabalar respublika konferensiyasida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

Konferensiya materiallari ilmiy to‘plam shaklida chop etiladi. Konferensiyada ishtirok etish uchun maqolalarni yuqoridagi talablarga muvofiq, 2014 yil 15 apreliga qadar elektron va qog‘oz variantda qabul qilinadi.

 

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani Talabalar shaharchasi, O‘zMU, rektorat YOsh olimlar kengashi 79-xona.

 

e-mail: nigora.qutlimurotova@mail.ru

Ma’lumot uchun:(+99871)246-29-27

246-10-35

 

SHtab a’zolarining ro‘yhati

 

1.Muhamedov G‘.I. – O‘zMU  rektori;

2.Husanov B.E. – O‘zMU ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori;

3.Husanov B.E. – O‘zMU ma’naviy va marifiy ishlar bo‘yicha prorektori;

4.Pardaev A. – O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi direktori;

5.Usmonov B. – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari;

6.Ibragimov B. – Fanlar Akademiyasi bosh ilmiy kotibi;

7.Ashurov S. – “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari;

 

Tashkiliy qo‘mita a’zolarining ro‘yhati

 

1.Muhamedov G‘.I. – O‘zMU  rektori;

2.Husanov B.E. – O‘zMU ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori;

3.Husanov B.E. – O‘zMU ma’naviy va marifiy ishlar bo‘yicha prorektori;

4.Pardaev A. – O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi direktori;

5.Usmonov B. – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari;

6.Ibragimov B. – Fanlar Akademiyasi bosh ilmiy kotibi;

7.Ashurov S. – “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari;

 

Ishchi guruh a’zolarining ro‘yhati

 -ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha:

 -tabiiy fanlar bo‘yicha:

1.Ishbaev X.Dj.- O‘zMU, geologiya fakulteti dekani;

2.Mirzaqulov S.- O‘zMU, biologiya fakulteti ilmiy ishlar bo‘yicha dekan muovini;

3.Xaitboev A.X.- O‘zMU, kimyo fakkulteti dekani;

4.Mamadaliev R.I. –O‘zMU, geografiya fakulteti dekani;

  • aniq fanlar;
  • texnika fanlari.