O'zMU » Yangiliklar » O‘zbekistonning ikkita oliy o‘quv yurti MDH OTMlar reytingiga kiritildi

O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti Rossiyaning “Ekspert RA” reyting agentligi tomonidan tuzilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi oliy o‘quv yurtlari reytingiga kiritildi.

Reyting agentligi Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Belorussiya, Moldaviya, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qirg‘izistondagi 153 ta oliy o‘quv yurtini o‘rganib chiqqan. Reytingni tuzishda statistik ma’lumotlar bilan birga so‘rovnoma natijalari ham inobatga olingan; unda esa besh yarim mingdan ortiq kishi – o‘qituvchi, ish beruvchi, olim, talaba va bitkazuvchilar ishtirok etgan.

Reytingga kiritilgan ta’lim dargohlari 5 toifaga ajratilgan: A toifasi bitkazuvchilar tayyorlashning eng yuqori darajasini anglatadi. B toifasi – juda yuqori, C, D va E toifalari esa tegishlicha yuqori, maqbul va qoniqarli darajalarni bildiradi.

Reyting ro‘yxatida MDH mamlakatlarining D toifasiga mansub oliy o‘quv yurtlari ko‘proq – 64 ta, E toifasiga esa 50 ta OO‘Yu kirgan. O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti D toifasidan o‘rin olgan.

 

 

Manba:daryo.uz