O'zMU » Yangiliklar » AYOLNI ULUG’LAGAN YURT BUYUKDIR

Mirzo Ulug’bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyi katta zalida 2014-yil 5-mart kuni “Хalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ayolni ulug’lagan yurt buyukdir” mavzusidagi ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

                                  

O’zbekiston Respublikasi oliy Majlisi Senati a`zosi, O’zbekiston fan arbobi, rektor G’ofurjon Isroilovich Muhamedov bayram munosabati bilan barcha ayollarga o’zining   samimiy tabrigini yo’lladi. U bugungi kunda ayollarning jamiayatdagi o’rni va roli haqida gapirib, ayniqsa, universitetimiz ayoolari erishgan yutuqlarini sanab o’tdi.

Tadbir boshlanishidan avval barcha ayol va xotin-qizlarga universitet rahbariyati tomonidan tabriknoma hamda gullar taqdim etildi. Ma’rifiy tadbirda  universitet xotin-qizlar faoliyatida erishilgan yuksak natijalar va yutuqlari aks etgan videorolik namoyish etildi.

 Rektor G’I.Muhamedov va professor-o’qituvchilar Kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda universitet xotin-qizlari o’rtasida o’tkazilgan sport musobaqalari g’oliblari munosib taqdirlandilar. Ularga diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg’alari topshirildi.

8-mart – “Хalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan  universitetning iqtidorli talaba-yigitlari o’zlarining samimiy tilaklarini go’zal she`rlar ifodasida barcha ayollarni va talaba-qizlarini muborakbod etishdi.  

O’zbekiston xalq artisti Kamolliddin Rahimov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xonanda Jahongir Otajonov hamda taniqli san`atkotlar bayram tadbirida go’zal kuy va qo’shiqlar bilan ishtirok etishdi.

 

 "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi rahbari  Abdurahimov Qodirjon  “Kamolot” YoIH axboroti