O'zMU » Yangiliklar » MIRZO ULUG’BEK ILMIY MEROSI VA HOZIRGI ZAMON

      Muhammad  Tarag’ay Mirzo Ulug’bek 1394-yilda Ajam Iroqning Sultoniya shahrida dunyoga keldi.  Amir Temur sulolasiga mansub ulug’ zot, ulkan davlat arbobi va buyuk dahodir.   XV asrning boshlarida Mirzo Ulug’bek Samarqandda falakkiyot maktabi, rasadxonasi va u qurdirgan o’sha davrda tabiiy-ilmiy bilimlar taraqqiyotida muhim rol o’ynadi. O’zbekiston Milliy universitetiga aynan Mirzo Ulug’bek nomi berilgani bejiz emas. Ushbu olimning fan taraqqiyitiga qo’shgan xissasi hozirgi kundagi barcha fanlarga ilmiy asos bo’lib xizmat qilmoqda.

                  

Universitetimizda 2014-yil 25-mart kuni buyuk alloma  va davlat arbobi Mirzo Ulug’bek tavalludining 620 yilligiga bag’shlangan  “Mirzo Ulug’bek ilmiy merosi va hozirgi zamon” mavzuidagi ilmiy-ma`rifiy  seminar  bo’lib o’tdi. Seminarda  O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Temuriylar tarixi muzeyi yetakchi ilmiy xodimi, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Astronomiya instituti xodimlari ishtirok etdi.

Ilmiy-ma`rifiy  seminarni O`zbekiston Milliy universiteti ma’naviy va ma’rifiy  ishlar bo’yicha prorektori Bahodir Xusanov  olib bordi. Seminarda tarix fanlari nomzodi, dotsent, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Temuriylar tarixi muzeyi yetakchi ilmiy xodimi Bo’riyev Omonullaning “Mirzo Ulug’bek – xukumdor va olim” mavzusidagi, tarix fanlari nomzodi, dotsent Feruza Shomukarramovaning “Изучение жизни и творчество Мирзо Улугбека 20-80 годах XX века”  mavzusidagi, “Mirzo Ulug’bek astronomik observatoriyasi haqida” gi mavzusidagi ma`ruza bilan fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Rashid Ziyaxanov, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Astronomiya instituti doktaranti Kamolliddin Ergashevning  “Mirzo Ulug’bek va bugungi kun astonomiyasi” mavzusidagi, Tillayeva  Gulsanamning “Mirzo Ulug’bekning akmeologik qarashlari” mavzusidagi, O’zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti dotsenti O’roqov Dilshodning “Mirzo Ulug’bekning tarix falsafasi” (“To’rt ulus tarixi” asari asosida) mavzusidagi, falsafa fanlari nomzodi, professor Baxtiyor Karimovning “Mirzo Ulug’bekning merosi va hozirgi zamon sivilizatsiyasi” mavzusidagi ma`ruzalari tinglandi va muhokama qilindi.

 

  "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi rahbari  Abdurahimov Qodirjon  “Kamolot” YoIH axboroti