O'zMU » Yangiliklar » O’zbekiston qahramoni, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov tavalludining 85 yilligiga bag’ishlangan tadbir

Men bilgan va hurmat qiladigan

ma`naviy jasorat sohiblaridan biri

atoqli olim va jamoat arbobi

Ozod Sharofiddinov edi.

I.A.Karimov

 

Mirzo Ulug’bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyi katta zalida 2014-yil 4-mart kuni O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O’zbekiston qahramoni, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

       O’zbekiston qahramoni, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinovning o’zbek adabiyotshunosligi rivojiga qo’shgan xissasi beqiyosdir. Uning xalq va yoshlarga qoldirgan ilmiy merosi bugungi kunda juda katta salohiyatga ega. O’zbekiston Milliy universitetida “Ozod Sharafiddinov – adabiyotimiz jonkuyari” mavzuda o’tkazilgan tadbir ushbu olim xotirasiga ko’rsatilgan buyuk ehtirom va e’tibordir.

 Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali, O’zbekiston xalq shoiri Maxmud Toir, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Shuhrat Rizayev, O’zbek filologiyasi fakulteti dekani Nurboy Jabborov, professor Umarali Normatov, professor-o’qituvchilar, ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha dekan muovinlari, 650 nafar talaba-yoshlar qatnashdi.

         Adabiy-ma`rifiy tadbirini O’zbekiston Respublikasi oliy Majlisi Senati a`zosi, O’zbekiston fan arbobi, rektor G’ofurjon Isroilovich Muhamedov ochib berdi. Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali “Adabiyotimiz jonkuyari’, Umarali Normatov “Ustoz ibrati”, Nurboy Jabborovning “Universitetda adabiy tanqid ilmiy maktabi” mavzuidagi,  “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Shuhrat Rizayevning “Ozod Sharafiddinov –muharrir va tarjimon” mavzuidagi, O’zbekiston xalq shoiri Maxmud Toir “Ozod Sharafiddinov – nuqtadon she`rshunos” mavzuidagi ma`ruza va xotiralari  talaba-yoshlar e`tiboriga havola qilindi.

         O’zbekiston qahramoni, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada bo’lib o’tdi.

 

Kamolot” YoIH axboroti