O'zMU » Yangiliklar » KINO VA YOSHLAR

2014 yil 8 aprelda Mirzo Ulug’bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida “O'zbekkino” milliy agentligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O'zbekiston Yozuvchilar  uyushmasi, Oliy  va o'rta maxsus ta'lim vazirligi,  Xalq ta'limi vazirligi,  Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent viloyat xokimligi bilan hamkorlikda “Kino va yoshlar” mavzusida Forum o'tkazildi.

                 

Forumda  “Kamolot” YoIH  Markaziy Kengashi ma'naviyat va ma'rifat bo'lim boshlig’i F.Madrahimova,  O'zbekiston  Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati S.Abdinazarov, Toshkent teleradiokompaniyasi “Ijtimoiy va siyosiy ko'rsatuvlar”  bosh muharriri D.Bo'riyev,  universitet ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor B.E Husanov,  Falsafa fakulteti dekani A.Mo'minov,  iqtidorli, tashabbuskor va faol talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda hozirgi kunda yaratilayotgan kinoasarlarning yutug’i  va kamchiliklari, bundan tashqari buguni va ertasi haqida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot  bo'lib o'tdi. Tomoshabin auditoriyasining asosiy qismini yoshlar tashkil etishini inobatga olgan holda,  yaqin 5 yil ichida yaratilgan filmlardagi  mavjud  muammolar muhokama  etildi. 

 

 

O'zMU “Kamolot” YoIH axboroti