O'zMU » Yangiliklar » DOIMO NAVQIRON MILLIY UNIVERSITET

 

         G’ofil o’lmangiz,  yoronlar, ochilur “Dorilfunun”,  Tabriklang, g’ayrat eting, ilm o’rganining millat uchun! “Turk so’zi” gazetasi 1918 yil…

 

12-may Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti tashkil topgan kunga bag’ishlab joriy yilning 12-may kuni O’zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyi katta zalida ma’rifiy bayram tadbiri o’tkazildi.

                         

Bayram tadbirida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy va o’rta maxsus  ta’lim vazirligi, Davlat va jamoat tashkilotlaridan mas’ul xodimlar, faxriylar hamda iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir doirasida fakultetning o’quv, ilmiy, ma`naviy-ma`rifiy sohalarda erishgan natijalari va yutuqlari aks etgan “Doimo navqiron Milliy universitet” nomli videorolik namoyish etildi.

                 

Shuningdek, universitetda 12-may -  Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti tashkil topgan kunga bag’ishlab o’tkazilgan “Namunali talaba” loyihasi doirasida 26 nafar talaba ko’krak nishoni bilan taqdirlandi hamda ota-onasi, mahallasi, tahsil olgan o’rta maxsus kasb-hanar ta’limi muassasiga yo’llangan tashakkurnoma o’qib eshittirildi. Unga ko’ra, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida  tahsil olish jarayonida, professor-o’qituvchilar va tengdoshlariga bo’lgan munosabati, universitet ichki tartib-qoidalariga hamda ”Odob-ahloq qoidalari”ga rioya qilishi, xulqi, odobi, madaniyati bilan doimiy ravishda o’rnak bo’lgan 26 nafar talabaning ota-onasiga universitet rektori G’ofurjon Isroilovich Muhamedov nomidan tashakkurnoma yuborildi.

                                

Tadbirda universiteti tashkil topgan kunga bag’ishlab o’tkazilgan sport musobaqalari, ko’rik-tanlov g’oliblari va konferensiyada eng yaxshi ma`ruza bilan ishtirok etgan yoshlar, shu bilan bir qatorda universitetda ”Navro’z” umumxalq bayramini yuqori darajada tashkillashtirgan fakultet jamoalari diplom, ko’krak nishoni, esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.                

Bundan tashqari “Yuqori malakali, yetuk va sog’lom avlodni tarbiyalash – mamlakat taraqqiyotining poydevori” mavzusidagi iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumanida ma`ruzalar bilan qatnashgan viloyatlar va Toshkent shahridagi oily ta`lim muassasalari talabalari ham ishtirok etdi.

 

 

Ma`naviyat va ma`rifat markazi axboroti