O'zMU » Yangiliklar » XALQARO TERRORIZM VA DINIY EKSTRIMIZM, ULARNING TURLARI VA NAMOYON BO’LISH SHAKLLARI, KURASH USULLARI

Inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan keskin globallashuv jarayoni ijobiy xarakterga ega bo’lib, insoniyat  uchun mislsiz imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Afsuski, sodir bo’layotgan bunday o’zgarishlarning salbiy tomoni ham borki, u ham bo’lsa dunyo tinchligiga havf soluvchi uyushgan jinoyatchilik xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm insoniyat hamda davlatlar milliy xavfsizligiga  tahdid qilishdir.

                         

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida joriy yilning 27-may kuni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda  “Xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm, ularning turlari va namoyon bo’lish shakllari, kurash usullari” mavzusida  uchrashuv o’tkazildi. Unda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi etakchi mutaxassisi, mayor Toshmatov Elyor Hoshimovich taklif etildi.

 Uchrashuvni ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha prorektor Zakirov Botir Sabitovich bugungi tadbirni o’tkazishning asosiy maqsadi hozirgi kunning dolzarb muammosi diniy ekstremizmga qarshi kurashishda olib borilayotgan islohotlar haqida gapirib o’tdi.  O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi etakchi mutaxassisi, mayor E.H.Toshmatov “Xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm, ularning turlari va namoyon bo’lish shakllari, kurash usullari” mavzusida ma`ruza o’qidi. Bugungi kunda mamlakatimizda terrorizm, diniy ekstremizmga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan talaba-yoshlarga ma`lumot berib o’tdi. Hozirgi kunda yoshlarimizni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs bo’lib shakllanishlari uchun mamlakatimiz tomonidan ko’plab imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilib berilganligi, ularga munosib bo’lishga, ota-onalari, yaqinlari va ustozlari yuzini yerga qaratmaslikka, inson hayot tarsi uchun yot bo’lgan diniy ekstremizm, terrorizm kabi illatlarga qarshi kurashishda doimo faol bo’lishga chorladi.

Tadbir so’ngida talaba-yoshlar o’rtasida yuqoridagi mavzu yuzasida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

 

Kamolot” YoIH axboroti