O'zMU » Yangiliklar » Ilmiy konferentsiya

 

2014 yil 20-24 may kunlari AQShning Kaliforniya shtati Davlat universitetida (Fullerton shahri) “Analiz va matematik fizika bo'yicha AQSh-O'zbekiston ilmiy konferensiyasi” bo'lib o'tdi.  Konferensiyaning asosiy maqsadi AQSh va O'zbekiston  tadqiqotchilarining analiz va matematik fizika sohalari bo'yicha o'zaro hamkorligini yanada yaxshilashga qaratildi. Unda  20 dan ortiq o'zbek olimlari o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.  Konferensiya ishi quyidagi asosiy mavzularga qaratildi: algebra funksional analiz, dinamik sistemalar, ko'p o'zgaruvchili kompleks analiz, differensial operatorlarning spektral nazariyasi. Ushbu sohalar bo'yicha oxirgi vaqtlarda olingan e'tiborga molik natijalar haqida plenar va sessiya  yig'ilishlarida ma'ruzalar qilindi.
 
 Mexanika-matematika fakulteti dekani  D. X. Jumabaev