O'zMU » Yangiliklar » To‘garak samarali faoliyat olib bordi

Talaba yoshlarni ilmiy salohiyatlarni oshirish va samarali faoliyat olib borishlari hamda ularga keng imkoniyat yaratib berish maqsadida Universitetimizning Biologiya –tuproqshunoslik, Kimyo, Tarix, Iqtisod, O’zbek filologiyasi  fakultetlari   1-kurs magistrantlarining Ilmiy tadqiqot metodologiyasi o‘quv predmeti bo‘yicha “Tadqiqotchilik metodologiyasi ”  nomli ilmiy to‘gara  yil davomida samarali faoliyat olib bordi. 

  

Mazkur to’garakga dotsent SH. A. Azizov rahbarlik qilib qator ishlar amalga oshirildi. Belgilangan reja asosida darslar tashkil etilib togarakkda 100 ga yaqin xoxlovchi talabalar ishtirok etdi. Yaqinda ushbu to’garakning yakunlovchi mashg’uloti bo’lib o’tdi. Ushbu mashg’ulot nihoyatda qiziqarli baxs munozaraga boy tarzda o’tkazildi.Unda  K.Qo‘ldoshovaning   “Pol Feyerabendning metodologik plyuralizm nazariyasi” haqidagi maruzasi ko’pchilikning etirofiga sabab bo’ldi. .

Ma’ruzachi metodolog mutafakkirning nazariyasi mohiyati e’tibori bilan ilmiy tadqiqotchilik vazifalarini ancha chuqur belgilab ta’kidlab uning asosiy jixatlarini ko‘rsatib berdi. Plyuralizm-bu xilma-xillik degani bo‘lib tadqiqotchi o‘z ilmiy faoliyatida faqat birgina metod bilan cheklanmasligi kerak balki turli  variantlardan foydalanib ko‘rishi zarur. SHundagina o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi yorishadi. 
Shu bilan birga Y. Muhammedov, M. Azimbayev,  Sh. Nazarov, G. Madrahimova , U. Soliyev hmda qator talabalarning maruzalari tinglandi. “Tadqiqotchilik metodologiyasi” mavsudagi to‘garak magistrlarda metologik ma’daniyatni shakllantirish, tadqiqotchilikning murakkab ichki mantiqiga bo‘lgan qiziqishlariga turtki berganligi  aytib o’tish joyiz.

O‘zlashtirilgan metodologik tamoyillardan foydalanib, mazmunli ma’ruzalar tayyorlagan va mustaqil ilmiy fikrlash madaniyatini egallash bo‘yicha harakatlarini tegishli baholash maqsadida qator magistrantlarni O‘zMU raxbariyati va jamoa tashkilotlari tomonidan rag‘batlantirishga tafsiya etildi. 

 

 

                                   Tohir RAVSHAN