O'zMU » Yangiliklar » Universitetimizda umumxalq xayriya hashari

Mamlakatimizda 16-17 avgust kunlari o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida millionlab hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda. 

   

Hashar halqimizning eng qadimiy va boqiy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida xalqimizning vatanni sevish, yurtni obod etish, o‘zgalarni e’zozlash va farovon turmush barpo etishga intilishi mujassam. Istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy qadriyatlarimizni tiklash, ularning mazmun-mohiyatini yoshlarning ongu shuuriga chuqur singdirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samaralarini berayotir.

  

 Milliy bayramlarimiz arafasida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan obodonlashtirish va tozalik oyligi, umumxalq xayriya hasharlari ana shunday xayrli ishlardandir.