O'zMU » Yangiliklar » TA`ZIM SIZGA, AZIZ USTOZLAR!

Dedilar: dunyodaasli asli kim aziz?

Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.

Tag’in aytdilarki: aziz shubhasiz,

Ustoz qadriga yetolgan inson.

 

Xalqimiz ongida uzoq asrlardan buyon ustozga hurmat tuyg’usi, ularni ardoqlash kabi ezgu g’oya yashab keladi. Bu ezga un`analar yillar o’tgani sayin yanada sayqallanib, yangicha ma`no-mazmun kasb etib bormoqda.

  

Joriy yilning 29-senyabr kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyida “1-oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan ma`rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Universitet talabalari professor-o’qituvchilarni kasb bayramlari bilan tabriklab, bayram tabrigi va gullar bilan qutladilar. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Fan, ta`lim, madaniyat va sport masalalar qo’mitasi raisi Hojamberdiyev Mamazoir Ahmedovich, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o’qituvchilar, xodimlar ishtirok etdilar. Bayram  “Ustoz va Murabbiylar kuni”ga bag’ishlangan videorolik namoyishi bilan boshlandi.
  
Kirish qismini o’quv ishlar bo’yicha 1-prorektor Sirojjiddinov Shuhrat Samarriddinovich yurtimizda keng miqyosda nishonlanayotgan “Ustoz va murabbiylar kuni”  bilan tadbir qatnashchilarini tabriklab, ezgu, samimiy tilaklarni izhor qildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Fan, ta`lim, madaniyat va sport masalalar qo’mitasi raisi Hojamberdiyev Mamazoir Ahmedovich barkamol avlodni tarbiyalashda o’qituvchi kasbining alohida o’rin tutushini, shuningdek, bugungi kunda barcha sohada erishilayotgan yutuqlarimizda o’qituvchi-ustozlarning mehnatlari beqiyos ekanligini yana bir bor ta`kidlab, ularni kasb bayrami bilan muborakbod etdi. Shundan so’ng, universitet barcha fakultet talaba-yoshlari bilan o’tkazilgan so’rovnomaga asoslanib, “Eng namunali o’qituvchi” loyihasi g’oliblari e`lon qilinib, diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
  
Tadbirning badiiy qismida O’zbekistonda, Qoraqalpog’istonda va Turmanistonda xizmat ko’rsatgan artist Ortiq Otajonov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Ravshan Komilov, “Nihol” mukofoti sovrindori Gulasal Abdullayeva hamda “Karavan” raqs dastasi o’zlarining qo’shiqlari bilan ustozlarni hushnud etdilar. Sahnaga tashrif buyurgan honandalar ishtirokida “Syurpriz” o’yini o’tkazildi. O’yinda lottotromdan baxtli chipta sohibi aniqlanib, esdalik sovgalar bilan taqdirlandilar.
  
Shu bilan birga universitet grantiga eng ko’p hissa qo’shgan Biologiya fanlari doktori, professor Gafurova Laziza Akramovna va Kimyo fanlari doktori, professor Muhammadiyev Muhtor G’aniyevich, 100 nafar professor-o’qituvchi hamda “Paxta terimi-2014”da mehnat qilayotgan o’qituvchi va xodimlarga kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.

 

O’zMU axborot xizmati