O'zMU » Yangiliklar » Oliy xo’jalik sudining elektron kutubxonasi

Oliy xo’jalik sudi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalarini joriy etish  to’g’risida” 2012 yil 10 dekabrdagi 346-son Qarori ijrosini ta’minlash hamda tadbirkorlar va chet el investorlariga ko’rsatilayotgan huquqiy yordamni yanada takomillashtrish maqsadida sudning web-sayti (www.oxs.uz) da “Elektron kutubxona” rukni tashkil etilgan.

       Ushbu Elektron kutubxona boshqa resurslardan unda milliy qonun va qonunosti hujjatlari orasidan xo’jalik huquqiga oidlarigina saralab olinib, Oliy xo’jalik sudi Plenumi va Rayosati qarorlari, xo’jalik sudlari sud amaliyoti umumlashmalar, huquq va iqtisodga oid ilmiy ishlar hamda nazariy adabiyotlar joylashtrilgan. Shu munosabat bilan O’zMU professor-o’qituvchilari, hodimlari hamda talabalari Elekrton kutubxonaga a’zo bo’lishlari so'raladi.

        Elektron kutubxonaga a’zo bo’lish va undan foydalanish bepul.       

 

Manba: O'zMU ma'muriyati