O'zMU » Yangiliklar » BUTUN JAHON TOLERANTLIK KUNI

Har kim o’z e`tiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini  tan olmog’i lozim. Odamlar o’z tabiatiga ko’ra, tashqi ko’rinishi, qiyofasi, o’zini tutishi, nutqi, hulqi va qadriyatlari jihatdan farqlanishi e`tirofga loyiqligi barobarida, ular dunyoda yashashga va o’zlarining ana shu individualligini saqlab qolishga haqdir .

“Bag’rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”

1-modda 4-band

Joriy yilning 17-noyabr kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida O’zbekiston tarixi kafedrasi qoshidagi “Millatlararo totuvlik va bag’rikenglik” ilmiy markazi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligi va 16-noyabr “Butunjahon tolerantlik” kuniga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Unda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti O’zbekiston tarixi kafedrasi professor-o’qituvchilari, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, Respublika Polyak milliy madaniy markazi, Respublika Tojik milliy madaniy markazi, Respublika Uyg’ur markazi, Respublika Ozarbayjon milliy madaniy markazi vakillari hamda1-bosqich talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni O’zbekiston Milliy universiteti rektori G`.I.Muhamedov va Respublika Baynalmilal madaniyat markazi direktori N.M.Muhammadiyev tabrik so’zi bilan ochib berdi.Tarix fakulteti dakani M.M.Haydarov kirish so’zidan so’ng, navbatni yalpi majlisga berdi.

Tadbir davomida  Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, Respublika Polyak milliy madaniy markazi, Respublika Tojik milliy madaniy markazi, Respublika Uyg’ur markazi, Respublika Ozarbayjon milliy madaniy markazi vakillari, O’zbekiston tarixi kafedrasi 2-bosqich magistri, Prezident stipendiyasi sovrindori O.Q.Alimardonov, mexanika-matematika fakulteti talabasi V.Ignatèv, H.Rahimova, fizika fakulteti talabasi N.Xabibulina, biologiya-tuproqshunoslik fakulteti talabasi E.Zeybert hamda kimyo fakulteti talabasi M.Maqsudovalar o’z ma`ruzlari bilan ishtirok etdilar.

O’zMU axborot xizmati