O'zMU » Yangiliklar » OLAM VA ODAM – BOLALAR NIGOHIDA

2014-yilning 12-noyabr kuni Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyi ko`rgazmalar foesida “Sog’lom bola yili” Davlat dasturidan kelib chiqqan holda Olam va odam – bolalar nigohida mavzuida ixtisoslashtirilgan misiqa va san`at akademik litseyi bilan hamkorlikda ko`rgazma tashkil etidi. Mazkur tadbirda Jahonning bir necha davlatlari (Italiya, Avstriya, Chexiya, Polsha, Rossiya, Malaziya, Koreya, Xitoy va Indoneziya)da o’tkazilgan tanlovda g’olib bo’lgan yosh olimlarning rasmlari namoyish etildi. Ko’rgazmani prorektor B.S.Zakirov kirish so’zi bilan ochib berdi va taniqli rassomlar so’zga chiqdi. Tadbir davomida akademik litsey rahbariyatiga universitetning ramziy sovg’asi taqdim etildi. Ko’rgazma davomida mutaxassislar qatnashchilarga  o’zlari chizgan rasmlarni izohladilar. Ko’rgazma 2014-yilning 26-noyabriga qadar davom etadi.

O’zMU axborot xizmati