O'zMU » Yangiliklar » BAXTIM SHUL – O’ZBEKNING ZULFIYASIMAN

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 31-oktyabrdagi PQ-2256-sonli “O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash tog’risida”gi Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida  “Baxtim shul – o’zbekning Zulfiyasiman” mavzusidagi ijodiy kecha o’tkazildi.

Tadbirni O’zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Muhamedov G’ofurjon Isroilovich kirish so’zi bilan ochdi. G’ofurjon Isroilovich O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning 2014-yil 31-oktyabrdagi PQ-2256-sonli “O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash tog’risida”gi Qarori nafaqat betakror iste`dod sohibiga, balki uning shogirdlariga bo’lgan yuksak e`tabor ekanligini aytib, barcha tadbir ishtirokchilarlariga o’z tabrik so’zlarini yo’lladi.

Ijodiy kechada O’zbekiston xalq shoiri Oydin Xojiyeva, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, shoira Qutlubeka Rahimboyeva, Zulfiya nomidagi Davlat mukofati sohibasi, shoira Guljamol Asqarova, professor-o’qituvchilar, universitetda tahsil olayotgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida O’zbek filologiyasi fakulteti dekani, professor Nurboy Jabborovning “Zulfiya she`riyati va milliy ma`naviyat” mavzusidagi ma`ruzasi tinglandi.

Tadbir mehmonlari O’zbekiston xalq shoiri Oydin Xojiyeva, shoiralar Qutlubeka Rahimboyeva va Guljamol Asqarova shoira Zulfiya ijodiy merosinig milliy adabiyotimiz rivojida tutgan o`rni, badiiy qimmati haqida so’zladilar. Shoiraning shaxsiy fazilatlarini xotiradilar.

Ushbu adabiy kechada O’zbekiston xalq shoiri Zulfiyaning hayoti va ijodiy faoliyati yuzasidan adabiyotshunos olimlarning fikr va mulohazalari tinglandi hamda Zulfiyaxonim qizlarining mushoira tarzidagi chiqishlari bo’lib o’tdi.

Tadbir so’nggida ijodiy kecha mehmonlari va universitetda tahsil olayotgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlariga tabrik yo’llandi hamda ularga universitet rektori tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.

O’zMU axborot xizmati

2014-yil 19-noyabr