O'zMU » Yangiliklar » O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI BARCHA TA'LIM MUASSASALARI, KONTSERNLAR, KORPORATSIYALAR, BANKLAR, DAVLAT VA NODAVLAT TASHKILOTLAR, QO'SHMA VA XUSUSIY KORXONALAR RAHBARLARI DIQQATIGA !

 

2014-2015 o'quv yilida universitetni bitiruvchi bakalavr hamda magistrlarni ish bilan ta'minlashga ko'maklashish maqsadida  joriy yilning 25 fevralidan 15 martigacha «Yosh mutaxassis-2015» tadbiri o'tkazilishini e'lon qiladi. Ushbu tadbir orqali universitetda nazariy-amaliy bilimlarni mukammal egallagan, ish faoliyatini zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida  bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda tashkil qila oladigan yuqori malakali yosh mutaxassislar bilan o'zaro muloqot qilishingiz mumkin. Universitet rahbariyati yuqori intellektual salohiyatga ega yosh mutaxassislar tashkilotingiz rivojiga munosib hissa qo'shishiga  ishonadi.  

 

2014-2015 o'quv yilida Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetini bitirayotgan yosh mutaxassislar to'g'risida ma'lumot Yuklab olish