O'zMU » Yangiliklar » Qishloqdagi zamonaviy ta’lim maskani

Farg‘ona tumanidagi 31-umumta’lim maktabida 340 nafar o‘g‘il-qiz zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda. 
Soy bo‘yi qishlog‘ida joylashgan mazkur maktabda tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladi. Bu yerda ta’limning ilg‘or pedagogik tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, dars jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari, ko‘rgazmali vositalardan keng foydalanilmoqda. O‘quv-laboratoriya, komputer va fan xonalari, axborot-resurs markazi barcha o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan muhtasham zal, sport majmuasi o‘quvchilar xizmatida.

 

Manba:uza.uz