O'zMU » Yangiliklar » Navro'z ayyomi muborak bo'lsin!!!

21 - mart Navro'z ayyomi bilan barchagizlarni  chin yurakdan muborakbod etamiz. Navro'z  yangi kun, yangilanish kuni. Ushbu   kunda sizga dunyodagi eng ezgu va pok niyatlarni tilab qolamiz.  Barcha niyat qilgan ishlaringiz amalga oshishida tilakdoshmiz. Agarda  qadimga nazar solsak, Navro'z kuni  urushlarga chek qo'yilgan. Yana bir ajoyib tomoni esa Navro'z sayllari odamlarni birlashtiradi, notanishlarni tanishtiradi. Mana hozir yurtimiz O'zbekistonda  bayromona kayfiyat jo'sh urmoqda. Qozonlarda sumalaklar qaynamoqda. Ana shunday ajoyib kunda sizga uzoq - umr, sihat - salomatlik, oilangizga tinchlik - hotirjamlik, o'qish va ishlaringizda omad  tilaymiz. Eng ajoyib bayram Navro'z  sizga xursandchilik, quvonch, baxt - omad keltirsin  deb niyat qilamiz. Yana bir bor  bayram muborak bo'lsin Aziz Yurtdoshlar!!!

 

Manba:O'zMU