O'zMU » Yangiliklar » DORILFUNUNIMDA NAVRO'Z AYYOMI

2015-yil 18-19 mart kunlari universitetda Navro'z umumxalq bayramiga bag'ishlab “Navro'z sayli” o'tkazildi. Navro'z sayli barcha fakultetlar o'rtasida talabalar turar joylari bog'larida tashkil etildi. 2015-yil 18-mart kuni barcha fakultetlar o'rtasida 9 ta Talabalar turar joylarida sumalak sayli tashkil etildi.

                                                               

 

2015-yil 19-mart kuni soat 11:00dan talabalar turar joylari bog'larida Navo'z sayli boshlandi. Navro'z bayrami saylini O'zbekiston Milliy universiteti rektori, O'zbekiston fan arbobi, professor Muhamedov G'ofurjon Isroilovich tabrik so'zi bilan ochib berdi. Saylda barcha fakultetlar o'rtasida “Viloyatlar qadriyatlari, urf-odatlari va an'analari namoyishi”, “Bahoriy taomlar”, “Bahor gullari”, “Mohir oshpazlar” tanlovlari,

 “O'lkamizda Navro'z” hamda “Doimo e'zozdasiz muqaddas ayollar” mavzularidagi “Devoriy gazetalar tanlovi”, shu bilan birga, barcha fakultetlar o'rtasida sportning Arm reysling, Arqon tortish, Kurash, SHaxmat, SHashka, Stol tennisi turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazildi. Bayram saylining “Viloyatlar qadriyatlari, urf-odatlari va an'analari namoyishi”, “Bahoriy taomlar” ko'rik tanlovida Ijtimoiy fanlar fakulteti - Jizzax viloyati, Jurnatistika fakulteti - Farg'ona viloyati, Fizika fakulteti - Qashqadaryo viloyati, Iqtisodiyot fakulteti - Qoraqalpog'iston Respublikasi, Geologiya fakulteti - Surxondaryo viloyati, O'zbek filologiyasi fakulteti - Buxoro viloyati, Tarix fakulteti - Namangan viloyati, Mexanika-matematika fakulteti - Xorazm viloyati, Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti - Samarqand viloyati, Xorijiy filologiya fakulteti - Navoiy viloyati, Kimyo fakulteti - Toshkent shahar va Toshkent viloyati, Geografiya fakulteti - Andijon viloyati urf-odati va an'analari, bahoriy taomlarini namoyish etdi. Bayram saylida 4000ga yaqin talabalar, professor-o'qituvchilar, xodimlar ishtirok etdi. Qatnashchilarga sumalak va bahoriy taomlar tortildi. Bayram saylida o'tkazilgan barcha tanlovlar avvaldan tuzilgan hakamlar hay'ati tomonidan baholanib borildi.

 

 

Ma'naviyat va ma'rifat markazi axboroti